Eva Moser ( 26-iyul 1982-yil — 31-mart 2019-yil) avstriyalik shaxmatchi. U FIDE tomonidan 2004-yilda Xalqaro usta (IM) va 2003-yilda ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga sazovor boʻlgan. Moser shaxmat boʻyicha Avstriyaning mutlaq chempioni va ayollar chempionatlarida ham gʻolib boʻlgan. U 2008-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.
Shaxmatdagi faoliyati Moser 10 yoshidan shaxmat oʻynay boshlagan. U sakkiz marta shaxmat boʻyicha qizlar oʻrtasidagi Avstriya chempionatida turli yosh guruhlarida gʻolib chiqqan.
1998-yilda Moser 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Murek shahrida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida tay-brekda gʻalaba qozongan Ana Matnadzedan keyingi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Umumjamoa hisobida Moser 2000-yildan beri ayollar shaxmat olimpiadasida, 2004-yilda 36-shaxmat olimpiadasining ochiq seksiyasida (odatda „erkaklar seksiyasi“ deb ataladi), 2003-yildan beri ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida va Mitropa Cup (1999, 2002, 2004) ochiq boʻlimida Avstriya sharafini himoya qilib kelgan.
Moser FIDE tomonidan 2003-yilda Ayol grossmeyster (WGM) (Avstriyalik ayollar orasida birinchisi) va 2004-yilda xalqaro usta (IM) unvonlari bilan taqdirlangan.
2006-yilda u Köflachda boʻlib oʻtgan Avstriya shaxmat chempionatidaAUT Staatsmeisterschaft 2006. Tournament report. . FIDE. mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va bu ishni qilgan birinchi ayol boʻlgan. U 2010Austrian Womenʼs Championship 2010. Tournament report. . FIDE. va 2011-yillardaAustrian Womenʼs Championship 2011. Tournament report. . FIDE. ayollar oʻrtasidagi Avstriya chempionatida gʻolib boʻlgan.
2000-yilda Drezden ayollar musobaqasiBig Database 2013, ChessBase GmbH, Jena Open 20093. Schwarzer Bär — Open 2009 Tournament Results, 20104. Schwarzer Bär — Open 2010 Tournament Results, 20115. Schwarzer Bär Open 2011. Tournament report. . FIDE. va 20121. Hotel-am-Stadion Open 2012. Tournament report. . FIDE., va Chess Ladies Vena 2012Chess Ladies Vienna 2012. Tournament report. . FIDE. va 2013 turnirlarda mutlaq gʻolib boʻlgan.
2006—2007-yilgi mavsumda uning Avstriya birinchi liga jamoasi Styria Graz Avstriya terma jamoasi chempioniga aylangan. U Avstriyaning „Wolfsberg“ jamoasida oʻynagan. OSG Baden-Baden Germaniya ayollar shaxmat Bundes ligasida besh marta gʻalaba qozongan va koʻp yillar davomida oʻz mavqeini saqlab qolgan.
Moser, shuningdek, ChessBase bilan kam miqdordagi oʻquv DVDlarini nashr etgan.
Shaxsiy hayoti Moser 2009-yilda Gratsda biznes boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha diplomni qoʻlga kiritgan. U Avstriyaning „Schach-Aktiv“ shaxmat jurnalida ishlagan.
Eva Moser 2019-yil 31-martdaSchulz, André (2019-04-03). „Eva Moser (July 26, 1982 — March 31, 2019) has died at 36“. ChessBase. Gratsda leykamiyadan vafot etgan.
Manbalar
Turkum:2019-yilda vafot etganlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Avstriya shaxmatchilari Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar