Daniel Alves da Silva - (1983-yil 6-mayda tugʻilgan), Dani Alves nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi, Liga MX klubi UNAM va Braziliya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Barcha davrlarning eng buyuk qanot himoyachilaridan biri deb hisoblangan Alves futbol tarixidagi eng koʻp mukofotlangan futbolchi boʻlib, yuqori darajadagi 46 unvon, va umumiy hisobda 47 rasmiy unvonga ega.

Yoshlik Alves Braziliyaning Baxiya shtatidagi Juazeyro shahrida tugʻilgan. Otasi Domingos Alves da Silva fermer oilasida tugʻilgan. Alvesning otasi ham futbolga ishtiyoqi bor edi va oxir-oqibat oʻzining futbol jamoasini tashkil etishga muvaffaq boʻldi. Alves 6 yoshida qanot himoyachisi sifatida uynay boshlagan, ammo u gol ura olmagani uchun otasi uni yana oʻng qanot himoyachisi sifatida joylashtirgan. Alves yoshligida dehqon va savdogar boʻlib ishlagan.

Jamoalardagi faoliyati

Bahia Alves Bahia klubida professional debyutini 2001-yilgi Campeonato Brasileiro A Seriyasi uchun Parana Clubega qarshi oʻyinda qilgan. Alves usha oʻyinda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning doimiy yaxshi oʻyinlari uchun 2002-yilning oʻrtalarida Ispaniyaning „ Sevilya“ jamoasi ijaraga oldi.

Sevilla 2002/03-yilgi mavsumdan soʻng, „Bahia“dan „Sevilya“ga ijaraga olingan Alves 2003-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun safar qildi va u yerda Braziliya turnirda gʻalaba qozondi. U turnirning uchinchi eng yaxshi futbolchisi deb topildi va shundan soʻng Sevilyaga transfer qilindi.

Barselona link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/02/Dani_Alves_17527.jpg/150px-Dani_Alves_17527.jpg|alt=|thumb|195x195px| Alves 2008/09-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida Qozonning „Rubin“ klubiga qarshi oʻyinda. 2008-yilning 2-iyulida Alves „ Barselona“ ga qoʻshild. U „Sevilya“ga bolaligida kelganini va erkak boʻlib ketayotganini aytdi. Transferning rasmiy narxi 23 million funtni tashkil qildi. Alves 2008-yilning 13-avgustida 2008-09-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi 3-bosqich saralashida " Visla Krakov "ga qarshi „Barselona“ safida raqobatbardosh va Yevropadagi debyutini o‘tkazdi U La Ligadagi debyutini Liga mavsumida oʻtkazdi 2008-yil 31-avgustda " Numansiya "ga qarshi oʻyinda oʻtqazdi.

Uchinchi Chempionlar Ligasi chempioni 2015-yil 6-iyun kuni Alves 2015-yilgi Chempionlar ligasi finalida „Barsa“ safida maydonga tushdi va Barcelona Berlindagi Olimpiya stadionida "Yuventus" ni mag‘lub etib, beshinchi evrokubogini qo‘lga kiritdi. Alves, Lionel Messi, Andrés Iniesta, Xavi, Jerar Pike, Pedro va Serxio Buskets trebl yutgan jamoaning yagona futbolchilari boʻldi.

UNAM 2022-yilning 23-iyulida Alves Liga MX klubi UNAM bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Terma jamoadagi faoliyat

2007-yilgi Amerika kubogi Alves Braziliya terma jamoasi safida 2006-yil 7-oktyabr kuni Kuvaytning " Al-Kuvayt Seleksiya " klubiga qarshi norasmiy o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Uch kundan soʻng, u Ekvadorga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻzining birinchi milliy terma jamoa dagi debyutini oʻtqazdi.

Yutuqlar Bahia

Campeonato Baiano : 2001 Nordeste kubogi : 2001, 2002

Sevilla

Qirol kubogi : 2006-07 Ispaniya Superkubogi : 2007-yil UEFA kubogi : 2005-06, 2006-07 UEFA Superkubogi : 2006-yil

link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/1f/2015_UEFA_Super_Cup_107.jpg/220px-2015_UEFA_Super_Cup_107.jpg|thumb| Alves 2015-yil UEFA Superkubogida gʻalaba qozonganidan keyin Barselona

La Liga : 2008-09, 2009-10, 2010-11, 2012-13, 2014-15, 2015-16 Qirol kubogi : 2008-09, 2011-12, 2014-15, 2015-16 Ispaniya Superkubogi : 2009, 2010, 2011, 2013 Kataloniya kubogi : 2012-13, 2013-14 Kataloniya Superkubogi : 2014-15 UEFA Chempionlar Ligasi : 2008-09, 2010-11, 2014-15 UEFA Superkubogi : 2009, 2011, 2015 FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati : 2009, 2011, 2015-yil

Yuventus

A seriya : 2016-17 Italiya kubogi : 2016-17

Parij Sen-Jermen

Liga 1 : 2017-18, 2018-19 Fransiya kubogi : 2017-18 ; Kupe de la Liga : 2017-18 Chempionlar kubogi : 2017, 2018

San-Paulu

Kampeonato Paulista : 2021-yil

Braziliya

Kopa Amerika : 2007, 2019 FIFA Konfederatsiyalar kubogi : 2009, 2013

Braziliya Olimpiadasi

Yozgi Olimpiya oʻyinlari : 2020

Braziliya U20

FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati : 2003-yil

Shaxsiy sovrinlari FIFA U-20 Jahon chempionati bronza toʻpi : 2003 UEFA Kubogining eng qimmat futbolchisi: 2005-06 UEFA yilning eng yaxshi jamoasi : 2007, 2009, 2011, 2015, 2017 Yilning ESM jamoasi : 2006-07, 2008-09, 2009-10, 2010-11, 2011-12   FIFA FIFPro World11 : 2009, 2011, 2012, 2013, 2015, 2016, 2017, 2018 La Ligada mavsumning eng yaxshi himoyachisi : 2008-09 FIFA Konfederatsiyalar kubogi turnirining eng yaxshi jamoasi: 2013-yil La Liganing mavsum jamoasi : 2014-15 France Football World XI: 2015 A Seriyaning eng yaxshi jamoasi : 2016-17 IFFHS Jahon erkaklar jamoasi : 2017 UNFP Liga 1 -yilning eng yaxshi jamoasi : 2017-18 Kopa Amerikaning eng yaxshi futbolchisi : 2019 Copa America turniri jamoasi: 2019 IFFHS CONMEBOL Oʻn yillik jamoasi : 2011-2020 Campeonato Paulista turnir jamoasi: 2020

Rekordlari

Eng koʻp UEFA Superkubogi sohibi : (4) (Paolo Maldini bilan birgalikda) (2006, 2009, 2011, 2015) UEFA Superkubogi finalida eng koʻp oʻynagan oʻyinlari : (5) (Paolo Maldini bilan birgalikda) (2006, 2007, 2009, 2011, 2015) Futbol tarixidagi eng koʻp sovrinli oʻyinchi: (47)

Manbalar

Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Sportchilar