Camara DaCosta Johnson (1982-yil 15-noyabrda tugʻilgan) Yaya DaCosta nomi bilan tanilgan amerikalik aktrisa va model. U America's Next Top Model 3-siklda ikkinchi oʻrinni egallaydi. Oxir-oqibat DaCosta ABC telekanalida efir yuzini koʻrgan "All My Children" (2008) kunduzgi drama seriali, Ugly Betty komedik dramasi (2009) va NBC telekanali tomonidan efirga uzatilgan Chikago Med (2015—2021) tibbiyot dramasida suratga tushgan.

DaCosta Whitney (2015) Lifetime televizion filmida qoʻshiqchi Whitney Houston rolida oʻynaydi va uning ijrosi uchun maqtovga sazovor boʻladi.

Yoshligi DaKosta 1982-yilning 15-noyabr sanasida New York shahrida tug‘ilgan, kelib chiqishi braziliyalik va afroamerikalik. U New York shahrining Harlem mahallasida katta boʻlgan. Ingliz tilidan tashqari, u portugal, fransuz, ispan va yapon tillarida soʻzlasha oladi.

Kollejga borishdan oldin u oʻrta maktab yillarida Northfield Mount Hermon elita maktabida oʻqigan va u yerda Braun universitetida Afrika tadqiqotlari va xalqaro aloqalar boʻyicha tahsil olgan.

Faoliyati 2010-yilda DaKosta “Bolalar yaxshi” komediya-drama filmida va “ Tron: meros ” ilmiy-fantastik jangovar-sarguzasht filmida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan.

Keyinchalik u jurnallarda, jumladan W (2010-yil sentyabr), L'Officiel (2010-yil noyabrda) va -Vogue (2011-yil yanvar oyida Patrick Demarchelier tomonidan) muqovasida paydo boʻladi. 2013-yilda u Forest Whitaker va Oprah Winfrey ishtirokidagi The Butler tarixiy drama filmida Carol rolida ham paydo bo‘lgan.

2015-yilda aktrisa Angela Bassett bilan birgalikda CNN telekanaliga bergan intervyusida DaCosta oʻz hayoti haqidagi Lifetime televizion filmidagi musiqiy klipida Whitney Houston rolini oʻynashi eʼlon qilinadi. Ushbu film Bassettning dastlabki rejissyorlik debyuti edi.

DaCosta oʻzining ijrosi uchun yuqori baholanadi. Shuningdek, 2015-yildan 2021-yilgacha DaCosta NBCda efirga uzatilgan tibbiyotga aloqador drama serial Chicago Medda hamshirasi Aprel Sexton rolini oʻynagan.

2021-yil 14-may kuni DaCosta olti fasldan so‘ng, Chicago Med teleseriali jamoasini tark etishini e’lon qiladi. Shundan soʻng, Fox telekanalida efirga uzatilgan Our Kind of People dramatik serialida Angela rolini ijro eta boshlaydi.

Shaxsiy hayoti DaCosta 2012-yildan 2015-yilgacha mustaqil produser va rejissyor Joshua Bee Alafia bilan munosabatda boʻlgan. Aktrisa 2013-yilning sentyabr oyida Sankara ismli oʻgʻil koʻradi. 2015-yil noyabr oyida DaCosta va Alafia ajralishi haqida xabar berilgan edi. Ommabop xabarlardan farqli oʻlaroq, DaCosta va Alafia hech qachon rasman turmushga chiqishmagan.

Filmografiyasi

Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar2006Take the LeadLaRhette2007HoneydripperChina Doll2008Racing for TimeVanessaTV Film2009Monica Washington2010TanyaTron: LegacySirenLost and Found -Qisqa metrajli film2011In TimeGretaWhole Lotta SoleSophie Weekends at BellevueVanessaTV FilmThe Shanghai HotelKendra2012Dark HorseAmyTV Film2013Mother of GeorgeSadeBig WordsAnnieThe ButlerCarol Hammie2014And So It GoesKennedy2015WhitneyWhitney HoustonTV Film2016The Nice GuysTally2018Faith Under FireKendraTV Film2019PeelSarahBoldenNora Bolden

Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar2004America's Next Top ModelCycle 3; Contestant2005EveMs. JenkinsEpisode: "Prom Night"2008All My ChildrenCassandra FosterRegular Cast2009Ugly BettyNico SlaterRecurring Cast: Season 4Law & Order: Special Victims UnitAudrinaEpisode: "Anchor"2010MercyBrooke SullivanEpisode: "There Is No Room for You on My Ass"Army WivesSpecialist Amber StilesEpisode: "AWOL"2011Body of ProofHolly BennettEpisode: "Helping Hand"2011-12HouseAnitaRecurring Cast: Season 82014UnforgettableMolly McGintyEpisode: "Cashing Out"2015The SimpsonsPrincess Kemi (dublyaj)Episode: "The Princess Guide"2015–21Chicago MedApril SextonMain Cast: Season 1-6Chicago FireApril SextonCrossover Cast: Season 3-6, 8-92017–19Chicago P.D.April SextonCrossover Cast: Season 4-5, 72021Our Kind of PeopleAngela VaughnMain Cast

Musiqiy videolari YilSarlavhaMusiqachi2005"Gold Digger"Kanye West2006"Pullin' Me Back"Chingy2007"Beautiful Girls"Sean Kingston"Roc Boys"Jay-Z2011"Good Man"Raphael Saadiq

Mukofotlar va nominatsiyalari YilSarlavhaTurkumNomzod filmNatija2006Teen Choice AwardMovies – Choice Breakout (Ayol kishi)Take the Lead 2008Black Reel AwardsBest EnsembleHoneydripper 2010Gotham AwardsBest Ensemble CastThe Kids Are All Right Phoenix Film Critics Society AwardsBest Ensemble Acting Washington DC Area Film Critics Association AwardsBest Acting Ensemble 2011Black Reel AwardBest Breakthrough Performance Broadcast Film Critics Association AwardsBest Acting Ensemble Central Ohio Film Critics AssociationBest Ensemble

Manbalar

Havolalar

Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Afroamerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik ayol modellar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Braziliyalik aktrisalar