Sergey Aleksandrovich Zavalnyuk (1962-yil 28-iyul, Lvov, Lvov viloyati, Ukraina) — sovet va oʻzbek futbolchisi, hozir murabbiy.
Hayoti Sergey Zavalnyuk futboldagi faoliyatini Ukraina jismoniy tarbiya jamoalari va Chernigoriyaning „Desna“ ustalar jamoasida boshlagan. 1987—1996-yillarda Zavalnyuk Fargʻonaning „Neftchi“ klubida toʻp surgan. Bu vaqt davomida u jamoaning yetakchilaridan biriga aylangan. Zavalnyuk jamoa bilan birgalikda bir necha bor Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan. 1993-yilda Malayziyaning „Perak“ klubi safida oʻynagan.
Terma jamoadagi faoliyati Zavalnyuk Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida bitta oʻyin oʻtkazgan. Bu uchrashuv 1992-yil 17-iyunda Tojikistonga qarshi boʻlgan.
Murabbiylik faoliyati Futboldagi faoliyati yakunlangach, Sergey Zavalnyuk murabbiylik faoliyatini boshladi. Zavalnyuk Toshkentdagi murabbiylik kurslarini tamomlagach „Neftchi“ murabbiylar shtabiga aʼzo boʻlgan. 2002-yilda mutaxassis Rossiyaga koʻchib ketgan. U yerda Zavalnyuk „Ratmir“da murabbiy boʻlib ishladi. Keyin esa „Volochanin-Ratmir“ jamoasida murabbiylik faoliyatini davom ettirdi. 2006-yilda „Volga Tver“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Keyinchalik Zavalnyuk jamoa murabbiylar shtabi aʼzoligiga qabul qilindi.
Yutuqlari Oʻzbekiston chempioni (3): 1992, 1994, 1995. Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (1): 1996-yil. Oʻzbekiston chempioni kubogi sohibi (2): 1994, 1996. Osiyo chempionlar ligasi bronza medali sohibi (1): 1994/95. Hamdoʻstlik kubogi kumush medali sohibi (1): 1994-yil.
Manbalar
Havolalar Profil na sayte FootballFacts.ru
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:FC Desna Chernigov futbolchilari Turkum:Perak F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Ukrainalik futbol murabbiylar Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari