Germaniya Konfederatsiyasi (nemis: Deutscher Bund Markaziy Yevropadagi 39 ta nemis tilida soʻzlashuvchi mustaqil davlatlar birlashmasi ediThe German Confederation did not include German-speaking lands in the eastern portion of the Kingdom of Prussia (East Prussia and parts of West Prussia and Posen), the German-speaking cantons of Switzerland (including a third of majority francophone Fribourg and Valais), Alsace and a north-eastern strip of Lorraine in France, and southern portions of Schleswig (Kingdom of Denmark)..  U 1815-yilda Vena Kongressi tomonidan 1806-yilda tugatilgan sobiq Muqaddas Rim imperiyasining oʻrniga yaratilgan."German Confederation". Encyclopædia Britannica.

Konfederatsiya faqat bitta organga ega edi — Federal Konvensiya (yoki Federal Majlis). Konventsiya aʼzo davlatlarning vakillaridan iborat edi. Eng muhim masalalarni bir ovozdan hal qilinishi kerak edi. Konvensiyaga Avstriya vakili raislik qilgan. Biroq, bu shunchaki rasmiyatchilik edi: Konfederatsiyada amalda davlat boshligʻi yoʻq edi.

Konfederatsiya, bir tomondan, unga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi mustahkam ittifoq edi, chunki federal qonun davlat qonunlaridan ustun edi (Federal konvensiya qarorlari aʼzo davlatlar uchun majburiy edi)Ernst Rudolf Huber: Deutsche Verfassungsgeschichte seit 1789. Vol. I: Reform und Restauration 1789 bis 1830. 2nd edition, Verlag W. Kohlhammer, Stuttgart [et al.] 1967, pp. 601/602..  Bundan tashqari, Konfederatsiya abadiy tuzilgan edi, chunki uni tarqatib yuborish (qonuniy ravishda) mumkin emas edi, hech bir aʼzo davlat uni tark eta olmasdi va har qanday yangi aʼzo Federal Konvensiyaning umumiy roziligisiz qoʻshila olmasdi. Boshqa tomondan, Konfederatsiyaning faoliyati ikki aʼzo davlat — Avstriya va Prussiyaning hamkorligiga bogʻliq edi.Ernst Rudolf Huber: Deutsche Verfassungsgeschichte seit 1789. Vol. I: Reform und Restauration 1789 bis 1830. 2nd edition, Verlag W. Kohlhammer, Stuttgart [et al.] 1967, pp. 594/595.

1848—1849-yillarda boshlanib ketgan inqiloblar Konfederatsiyani liberal, demokratik, sotsialistik va millatchilik tuygʻulari asosidagi liberal konstitutsiyaga ega birlashgan Germaniya federal davlatiga aylantirishga harakat qildi. Konfederatsiyaning boshqaruv organi — Konfederativ Diet 1848-yil 12 -yulda tarqatib yuborildi, ammo inqilob Avstriya, Prussiya va boshqa davlatlar tomonidan bostilgandan keyin 1850-yilda qayta tiklandi.Deutsche Geschichte 1848/49, Meyers Konversationslexikon 1885-1892

Konfederatsiya 1866-yilda Avstriya imperiyasi ustidan yetti haftalik urushda Prussiya Qirolligi gʻalaba qozonganidan soʻng yana tarqatib yuborildi. Germaniya yerlarini boshqarish uchun boʻlgan ziddiyat Prussiya foydasiga tugadi. 1867-yilda Prussiya rahbarligida Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi tuzildi, unga Prussiya Qirolligining sharqiy qismlari va bir qator Janubiy Germaniya davlatlari qoʻshilgan edi. Ushbu Konfederatsiya 1871-yil Germaniya Imperiyasi tashkil topguncha mavjud boʻldi.

Tarixi

Konfederatsiyaning tuzilishigacha boʻlgan davr 1805-yil dekabr oyida Napoleon boshchiligidagi fransuzlar tomonidan Austerlitz jangida magʻlubiyatga uchragach, Muqaddas Rim imperatori Frensis II taxtdan voz kechdi va 1806-yil 6-avgustda imperiya tugatildi. 1806-yil iyul oyida Fransiyaning Pressburg shahrida 16 ta ittifoqdosh Germaniya davlatlari (shu jumladan Bavariya va Vyurtemberg) Reyn Konfederatsiyasini tuzdi. 1806-yil oktabrdagi Jena-Auerstedt jangidan keyin To'rtinchi Koalitsiya urushida, boshqa turli nemis davlatlari, jumladan Saksoniya va Vestfaliya ham Konfederatsiyaga qoʻshildi. Faqat Avstriya, Prussiya, Daniya Golshteyni, Shvetsiya Pomeraniyasi va Fransiya tomonidan bosib olingan Erfurt knyazligi Reyn Konfederatsiyasiga qoʻshilmadi. 1812-yildan 1814-yil qishigacha boʻlgan Oltinchi koalitsiya urushi Napoleonning magʻlubiyatini va Germaniyaning ozod qilinishini bilan tugadi. 1814-yil iyun oyida Geynrix von Shtayn Frankfurtda tugatilgan Reyn Konfederatsiyasi oʻrniga Germaniya uchun Markaziy boshqaruv organiga ega ittifoq Zentralverwaltungsbehörde) tuzishni taklif qildi. Biroq, Vena kongressida vakolatli vakillar Shtayn nazarda tutganidan ham kuchsizroq nemis davlatlari ittifoqini yaratishga qaror qildilar.

Tashkilotning tuzilishi Germaniya Konfederatsiyasi 1815-yil 8-iyunda Vena Kongressining 9-akti (Germaniya Konfederatsiyasi tashkilotini tuzish va mustahkamlash boʻyicha vazirlar konferensiyasining yakuniy akti) bilan tuzilgan.Heeren, Arnold Hermann Ludwig (1873), Talboys, David Alphonso (ed.), A Manual of the History of the Political System of Europe and its Colonies, London: H. G. Bohn, pp. 480-481

1820-yil 15-maygacha unga aʼzo German davlatlari qoʻshildi. Konfederatsiyaga qoʻshilish uchun belgilangan davlatlar quyidagilar edi: BayroqAʼzo davlatlarAnhalt-BernburgAnhalt-DessauAnhalt-KöthenAvstriyaBadenBavariyaBrunswickHannoverGessen elektoratiGessen Buyuk GersoglariGessen-HomburgGogenzolern-HodmundGogenzolern-SigmaringenGolshteynLixtenshteynLippe-LyuksumburgMecklenbur-SchevirnMeklenburg-Strelits Buyuk GertsogligiNassauOldenburgPrussiyaYuqori ReussQuyi ReussSaks-Coburg-SaalfeldSaks-Gotha-AltenburgSaks-HildburghausenSaks-LauenburgSaks-MeiningenSaks-Weimar-EisenachSaksoniyaSchaumburg-LippeSchwarzburg-RudolstadtSchwarzburg-SondershausenWaldeck and PyrmontWürttembergBremenFrankfurtHamburgLyubek Avstriya imperiyasi va Prussiya qirolligi Konfederatsiyaning eng katta va eng kuchli aʼzolari edi. Ikkala davlatning katta qismi Konfederatsiyaga kiritilmagan, chunki ular sobiq Muqaddas Rim imperiyasining bir qismi boʻlmagan emas edi va qurolli kuchlarining katta qismi ham federal armiya tarkibiga kiritilmagan. Avstriya va Prussiya Federal Majlisda bittadan ovozga ega edi. thumb|314x314px|Germaniya Konfederatsiyasining chegaralari(qizil rangda); Prussiya koʻk rangda, Avstriya sariq rangda va Germaniyaning qolgan davlatlari kulrang rangda. Yana oltita yirik davlat Federal Majlisda bittadan ovozga ega edi:

Bavariya Qirolligi; Saksoniya Qirolligi; Vyurtemberg Qirolligi; Gessen elektorati; Baden Buyuk Gertsogligi; Gessen Buyuk Gertsogligi;

Bremen, Frankfurt, Hamburg va Lyubek erkin shaharlari Federal Majlisda bittadan ovozga ega boʻlishdi.

Qolgan 23 ta davlat Federal Majlisda umumiy beshta ovozga ega boʻldi:

Saks-Veymar, Saks-Mayningen, Saks-Gota-Altenburg, Saks-Koburg-Zalfeld va Saks-Hildburgxauzen (5 davlat) Brunsvik va Nassau (2 davlat) Meklenburg-Shverin va Meklenburg-Strelits (2 davlat) Oldenburg, Anhalt-Dessau, Anhalt-Bernburg, Anhalt-Köten, Shvartsburg-Rudolshtadt va Shvartsburg-Zondershauzen (6 davlat) Hohenzollern-Xechingen, Hogenzollern-Sigmaringen, Lixtenshteyn, Reuss (yuqori), Reuss (quyi), Shaumburg-Lippe, Lippe va Valdek (8 davlat)

Umumiy Federal Majlisda 17 ta ovoz bor edi. thumb|319x319px|Germaniya Konfederatsiyasiga aʼzo davlatlar monarxlari (Prussiya qirolidan tashqari).1863-yil Frankfurt.

Qurolli kuchlar Germaniya Federal armiyasi (Deutsches Bundesheer) Germaniya Konfederatsiyasini tashqi dushmanlardan, birinchi navbatda, Fransiyadan jamoaviy himoya qilish maqsadida tuzilgan. Armiyaning harakatlari va tashkiliy ishlarini Diet belgilb berardi. Diet urush eʼlon qilish huquqiga ham ega edi va armiyaning oliy qoʻmondoni va alohida armiya korpusi qoʻmondonlarini tayinlash uchun javobgar edi. Bundan tashqari, Diet bir nechta Germaniya federal qal’alarining qurilishi va taʼmirlanishini nazorat qilgan va har yili aʼzo davlatlardan shu maqsadda mablagʻ yigʻilgan.Treitschke, Heinrich. History of Germany in the Nineteenth Century. Jarrold & Sons, London, 1919. Vol. VII, p. 519.

Germaniya Federal armiyasi oʻnta armiya korpusiga boʻlingan (keyinchalik zaxira korpusi ham shakllantirilgan). Biroq, armiya korpusi Germaniya Konfederatsiyasiga tegishli emas, balki aʼzo davlatlarning milliy armiyalaridan tuzilgan va davlatning barcha qurolli kuchlarini oʻz ichiga olmasdi.Beilage zum Militaer-Wochenblatt fuer das deutsche Bundesheer. No. 3, 1860. Misol uchun, Prussiya armiyasi toʻqqizta armiya korpusidan iborat edi, ammo Germaniya Federal armiyasiga faqat uchta armiya korpusi bor edi. Quyida baʼzi davlatlarning armiyadagi ulushini koʻrib oʻtamiz: Davlat nomiMaydoni [km2]AholisiYillik xarajatlar Avstriya GuldenidaArmiya KorpusiHarbiylar soniAvstriya Imperiyasi197,57310,086,9009,432,000I, II, III158,037Prussiya Qirolligi185,4969,957,0007,956,000IV, V, VI133,769Bavariya Qirolligi76,2584,120,0003,540,000VII59,334Gannover qirolligi38,4521,549,0001,299,000X (1-Boʻlinma)21,757Württemberg Qirolligi19,5041,547,4001,389,000VIII (1-boʻlinma.)23,259Saksoniya Qirolligi14,9931,480,0001,194,000IX (1-boʻlinma)20,000Baden Buyuk Gerosgligi15,2691,175,000993,000VIII (2-boʻlinma)16,667Hesse-Darmstadt Buyuk Gersogligi7,680720,000615,000VIII (3-boʻlinma)10,325Oldenburg Buyuk Gersogligi6,420250,000219,000X (2-boʻlinma)3,740

Boshqaruv Konfederatsiyaning yagona organi davlatlar hukumatlari delegatlaridan tashkil topgan Federal Majlis (rasmiy nomi Bundesversammlung, koʻpincha Bundestag deb ataladi) edi. Davlat boshligʻi yoʻq, lekin Avstriya delegati Assambleyaga raislik qildi (Bundesakte). Ammo Avstriyada qoʻshimcha vakolatlar yoʻq edi. Assambleya Frankfurtda yigʻilgan. thumb|346x346px|Avstriya kansleri va tashqi ishlar vaziri Klemens fon Metternix 1815-yildan 1848-yilgacha Germaniya Konfederatsiyasiga raislik qilgan Konfederatsiyaga elchilarni qabul qilish mumkin edi. Assambleyada Yevropa davlatlarining elchilari faoliyat yuritishi mumkin edi lekin Assambleya kamdan-kam hollarda boshqa davlatlarga elchilar yuborgan.

1848-49 yillardagi inqilob davrida Federal Majlis oʻz vakolatlarini Frankfurt Milliy Assambleyasining inqilobiy nemis markaziy hukumati (Provisorische Zentralgewalt) ga topshirdi. Inqilobni bostirib, Prussiya qiroli Milliy Majlisni noqonuniy ravishda tarqatib yuborgach, oʻzi nemis milliy davlatini yarata olmadi. Federal Assambleya 1850-yilda Avstriya tashabbusi bilan qisman qayta faoliyati tiklandi, keyinchalik 1851-yilning yozida toʻliq qayta tiklandi.

Prussiya va Avstriya oʻrtasidagi raqobat, ayniqsa, 1859-yildan keyin tobora kuchayib bordi. Konfederatsiya 1866-yilda Avstriya-Prussiya urushidan keyin tarqatib yuborildi va 1866-yilda uning oʻrniga Prussiya hukmronlik qilgan Shimoliy Germaniya Konfederatsiya faoliyati yoʻlgan qoʻyildi. Germaniya Konfederatsiyasidan farqli oʻlaroq, Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi aslida haqiqiy davlat edi. Uning hududi Germaniya Konfederatsiyasining Main daryosining shimolidagi qismlarini, shuningdek, Prussiyaning sharqiy hududlarini va Shlezvig gersogligini oʻz ichiga olgan, ammo Avstriya va boshqa janubiy Germaniya davlatlari Konfederatsiyaga qoʻshilmagan

Prussiyaning taʼsiri Fransiya-Prussiya urushidan soʻng kuchaydi, natijada 1871-yil 18-yanvarda Versalda Germaniya imperiyasi eʼlon qilindi, Shimoliy Germaniya Federatsiyasini janubiy Germaniya davlatlari bilan birlashtirdi. 1871-yilda Avstriya, Lyuksemburg, Limburg gersogligi va Lixtenshteyndan tashqari sobiq Germaniya Konfederatsiyasining barcha davlatlari Prussiya hukmronligi ostidagi Kayzerreyx tarkibiga kirdi.

Madaniyat thumb|308x308px|Berlin Universititeti. 1850-yil Fransiya inqilobidan taʼsirida nemis rassomlari va ziyolilari romantizm keng tarqala boshladi. Universitetlarda yuqori malakali professor-oʻqituvchilar yetishib chiqdi, gumanitar fanlar siyosiy tarix, ilohiyot, falsafa, til va adabiyotni oʻrganishga yangi tarixiy nuqtai nazarni olib keldi. Georg Vilgelm Fridrix Hegel (1770-1831) falsafa, Fridrix Shleyermaxer (1768-1834) ilohiyot va Leopold fon Ranke (1795-1886) tarixda yuksak choʻqqilarga koʻtarila oldi. 1810-yilda tashkil etilgan Berlin universiteti dunyoda yetakchi universitetlardan biriga aylandi. Masalan Von Ranke tarixni professionallashtirib, tarixshunoslikning jahon standartini belgilab berdi. 1830-yillarga kelib matematika, fizika, kimyo va biologiya sohasi yuqori sur’atlarda oʻsdi.Sheehan, James J. (1989). German History: 1770-1866. New York: Oxford University Press. pp. 324-371, 802-820. ISBN 0198221207.

Aholisi

Demografik oʻsish