The Young Turks (TYT; tarjimasi — Yosh turklar) — ijtimoiy va siyosiy masalalar boʻyicha Amerikaning liberal — progressiv dasturi. Dasturni Cenk Uygur va Ana Kasparian olib boradi; u xuddi shu nomdagi kompaniyaga (The Young Turks LLC) tegishli dasturlar tarmogʻiga ega. TYT 2002-yilda Sirius Satellite Radio tomonidan tok-shou sifatida tashkil etilgan. The Young Turks oʻzini "dunyodagi eng katta onlayn yangiliklar shousi" sifatida nom taratgan. 2014-yil iyul oyida shouni tomosha qilish soni 2 milliardni tashkil etdiTYT Network Passes 2,000,000,000 Views & 3,000,000 Subscribers! — YouTube. YouTube kanalida shou koʻrish uchun faqat veb-kontentni taklif qiladi. 2012-yil aprel oyida kanal kuniga 750 000 marta koʻrilgan boʻlsa, noyabrga kelib bu koʻrsatkich kuniga 1 400 000 tomoshaga yetdi . Yosh turklar, shuningdek, alohida YouTube kanallarida TYT tarmogʻi deb nomlanuvchi shoular tarmogʻiga ega.

Manbalar

Turkum:Informatika Turkum:Fan