Penélope Cruz Sánchez (; 1974-yil 28-aprelda tugʻilgan) ispaniyalik aktrisadir. Oscar va BAFTA mukofotlari sohibasi. Hollywood „Shon-shuhrat xiyoboni“da oʻz yulduziga ega.

thumb|upright|Cruz Cannes kinofestivalida (2003). thumb|upright|Cruz Oscar mukofotlari taqdirlash marosimida (2008). thumb|upright|Cruz Oscar mukofotlari taqdirlash marosimida (2009). thumb|upright|Cruz Oscar mukofotlari taqdirlash marosimida (2010). thumb|upright|Cruz Hollywood „Shon-shuhrat xiyoboni“da yulduzini qabul qilayotganda (2011) thumb|upright|Cruz Goya mukofotlari taqdirlash marosimida (2019).

Hayoti Penélope Cruz 1974-yil 28-aprelda Ispaniya poytaxti Madridning Alcobendas munisipalitetida tugʻilgan. Onasi Encarna Sánchez sartarosh, otasi Eduardo Cruz esa avtomobil mexanigi boʻlgan. Uning bitta singlisi (Mónica, aktrisa) va bitta ukasi (Eduardo, qoʻshiqchi) bor. Penélope kichikligida onasi uni oʻzi ishlaydigan goʻzallik saloniga tez-tez olib borgan. Penélope goʻzallik salonida boʻlgan paytida u yerga kelgan ayollarni doimo diqqat bilan kuzatish bilan mashgʻul boʻlgan. Bu uning uchun alohida „aktyorlik“ maktabi vazifasini bajargan.

Toʻrt yoshida ota-onasi Penélopeni balet sinfiga qoʻyishadi. Qisqa vaqtda Penélope raqs va jazga qiziqib qoladi. Ispaniya milliy konservatoriyasida 9 yil mumtoz cholgʻu asbobini oʻrgangach, Penélope 4 yilga yaqin Cristina Rotadan saboq oladi. Ammo vaqt oʻtishi bilan aktyorlik uning hayotifa birinchi oʻrinni egallaydi va uning raqsga boʻlgan qiziqishi susaydi.

14 yoshidan boshlab Penélope filmlarda suratga tusha boshladi. Shuningdek, u bir necha teleshou va musiqiy videokliplarda ham suratga tushdi.

Shaxsiy hayoti Cruz ispaniyalik aktyor Javier Bardemga turmushga chiqqan. U Bardem bilan Jamón, Jamón (1992) va Vicky Cristina Barcelona (2008) filmlarida birga suratga tushgan. Cruz Bardem bilan uchrashishni 2007-yilda boshlagan. Juftlik 2010-yilning iyulida Bagama orollarida turmush qurishgan. Ularning Leo Encinas Cruz (2011-yilda tugʻilgan) ismli oʻgʻli hamda Luna Encinas Cruz ismli qizi (2013-yilda tugʻilgan) bor.

Filmografiyasi Yil Nom Rol Izohlar 1992 Jamón, jamón Silvia Belle Époque Luz 1993 Per amore, solo per amore Mary El Laberinto griego Elise La Ribelle Enza 1994 Alegre ma non-troppo Salome Todo es mentira Lucia 1995 Entre rojas Lucia El efecto mariposa Party guest 1996 La Celestina Melibea Brujas Patricia Más que amor, frenesí 1997 El amor perjudica seriamente la salud Diana Abre los ojos Sofia Carne trémula Isabel Plaza Caballero Et hjørne af paradis Helena 1998 La niña de tus ojos Macarena Talk of Angels Pilar Josepha Don Juan Mathurine 1999 Todo sobre mi madre Maria Rosa Sanz The Man with Rain in His Shoes Louise Volavérunt Pepita Tudó 2000 All the Pretty Horses Alejandra Villarreal Woman on Top Isabella Oliveira 2001 Blow Mirtha Jung Bendito infierno Carmen Ramos Captain Corelli’s Mandolin Pelagia Vanilli osmon Sofia Serrano 2002 Waking Up in Reno Brenda 2003 Fanfan la Tulipe Adeline la Franchise Masked and Anonymous Pagan Lace Gothika Chloe Sava 2004 Head in the Clouds Mia Noel Nina Vasquez Non ti muovere Italia 2005 Sahara Eva Rojas Chromophobia Gloria 2006 Bandidas Maria Alvarez Volver Raimunda 2007 Manolete Antonita Sino Anna 2008 Elegy Consuela Castillo Vicky Cristina Barcelona Maria Elena 2009 G jamoasi: Darwin missiyasi Juarez ovoz bergan Los abrazos rotos Magdalena Nine Carla Albanese 2010 Sex and the City 2 Carmen García Carrión 2011 Karib dengizi qaroqchilari: Nomaʼlum sohillarda Angelica 2012 To Rome with Love Anna Venuto al mondo Gemma 2013 Los amantes pasajeros Jessica The Counselor Laura 2014 The Boxtrolls Winnie Portley-Rind ovoz bergan (ispancha dublyaj) 2015 Ma Ma Magda 2016 Zoolander 2 Valentina Valencia Grimsby Rhonda George La reina de España Macarena Granada 2017 Loving Pablo Virginia Vallejo Sharqiy ekspressdagi qotillik Pilar Estravados 2018 Todos lo saben Laura 2019 Dolor y gloria Jacinta Wasp Network Olga Gonzalez 2021 Madres paralelas Janis Martínez Moreno Competencia oficial Lola Cuevas 2022 The 355 Graciela Rivera L’immensità Clara On the Fringe Azucena Prodyuser 2023 Ferrari Laura Ferrari Post-production

Manbalar

Havolalar

Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Ispaniyalik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik modellar Turkum:Oscar mukofotining eng yaxshi ikkinchi darajadagi aktrisa nominatsiyasi gʻoliblari Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar