Isadore Singer () (1924-yil 3-may — 2021-yil 11-fevral) — amerikalik matematik. Singer 1962-yilda Michael Atiyah bilan hamkorlikda Atiyah-Singer indeks teoremasini isbotlab, shuhrat qozongan. Ikki olim bu ishlari uchun 2004-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan.

Singer avval Michigan universitetida, keyin Chicago universitetida tahsil olgan. Soʻnggra Berkeleydagi California universitetida, keyinchalik Massachusetts texnologiya institutida ishlagan. 1980-yillarda Shiing-Shen Chern va Calvin Moore bilan Matematika fanlari tadqiqot institutiga () asos solgan.

Singer 2000-yil Steele mukofoti bilan taqdirlangan. Olim AQSh Milliy fanlar akademiyasining, Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining hamda Amerika matematika jamiyatining toʻliq aʼzosidir.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:21-asr amerikalik olimlari Turkum:Abel mukofoti sovrindorlari