Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi – Oʻzbekiston Respublikasida oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim hamda ilm-fan va innovatsiyalar sohasini nazorat qiluvchi davlat hokimiyatining vakillik organidir.

Tarixi 1991-yil 15-avgust kuni tashkil topgan. 2022-yil 24-dekabrda qayta tashkil etilganOliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi negizida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etilmoqda

Maqsadi va vazifalari Oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, ilm-fan va innovatsion faoliyat, oʻrta maxsus, professional taʼlim sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini tartibga soladi. Xalqaro mezonlar asosida oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini taʼminlash, oʻquv jarayonini tashkil etish meʼyorlarini belgilaydi. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, davlat ilmiy va innovatsion dasturlari ijrosini muvofiqlashtirish, shuningdek, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani taʼminlash ishlarini tashkil qiladi. Oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida qoʻshma taʼlim va ilmiy dasturlarni amalga oshirish boʻyicha xalqaro aloqalarni rivojlantiradi. Fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari asosida davlat ilmiy dasturlarini shakllantiradi. Fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlaydi, yangi ishlanmalarni tijoratlashtiradi, ratsionalizatorlik faoliyati va startap ekotizimini rivojlantiradiVazifa va funksiyalar.

Tuzilmasi Vazirlik huzuridagi tashkilotlar: Innovatsion rivojlanish agentligi Bilim va malakalarni baholash agentligi Oliy attestatsiya komissiyasi

Vazirlar 1959-1971 – Toshmuhammad Sarimsoqov 1985-1988 – Mahmud Salohiddinov 1991-1994 – Joʻra Abdullayev 1994-1998 – Oqil Salimov 1998-2004 – Saidahror Gʻulomov 2004-2008 – Rustam Qosimov 2008-2010 – Azimjon Parpiyev 2010-2014 – Bahodir Xodiyev 2014-2016 – Alisher Vahobov 2016-2017 – Rustam Qosimov 2017-2021 – Inomjon Majidov 2021-2022 – Abduqodir Toshqulov 2023—2024 – Ibrohim Abdurahmonov 2024 – Kongratbay Sharipov

Yangi vazirlik Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi negizida 2023-yil 1-yanvardan boshlab Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etildi. Bu Oʻzbekiston prezidentining „Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmonida koʻzda tutilgan holda amalga oshirildi.

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayt Rasmiy Telegram sahifasi Rasmiy Facebook sahifasi Rasmiy Instagram sahifasi Oʻzbekistondagi universitetlar

Oliy taʼlim