„Jurassic World“ () — Colin Trevorrow ishlagan ilmiy-fantastik film. „Jurassic Park“ franshizasi doirasidagi toʻrtinchi kartina. 2015-yilda ekranlarga chiqqan. Trevorrow, Rick Jaffa, Amanda Silver, Derek Connolly yozgan ssenariy asosida yaratilgan. Bosh rollarni Chris Pratt, Bryce Dallas Howard, Vincent D'Onofrio, Ty Simpkins, Nick Robinson, Omar Sy, BD Wong, Irrfan Khan va boshqalar ijro etgan. Filmdagi hodisalar xayoliy orolda sodir boʻladi. Transgen dinozavr volyerdan qochib, orolda tartibsizliklar keltirib chiqaradi.

„Jurassic World“ ilk bor 2015-yil 29-mayda Parijda namoyish etilgan. Tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. Umumjahon miqyosida prokatda $1,6 milliard AQSH dollari ishlab topib, tarixdagi uchinchi eng kassabop filmga aylangan.

Rollarda Chris Pratt — Owen Grady Bryce Dallas Howard — Claire Dearing Vincent D'Onofrio — Vic Hoskins Ty Simpkins — Gray Mitchell Nick Robinson — Zach Mitchell Omar Sy — Barry Sembène BD Wong — doktor Henry Wu Irrfan Khan — Simon Masrani Jake Johnson — Lowery Cruthers Lauren Lapkus — Vivian Brian Tee — Hamada Katie McGrath — Zara Judy Greer — Karen Mitchell Andy Buckley — Scott Mitchell

Musiqasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:2015-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Voqealari changalzorda kechadigan filmlar Turkum:Sarguzasht filmlar Turkum:Fentezi filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:2015-yil 3D-filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:AQSh dahshatli filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:4DX-filmlar Turkum:Colin Trevorrow filmlari Turkum:Universal Pictures filmlari