Mart genotsidi yoki Mart hodisalari — 1918-yil 30-mart va 3-aprel sanalari orasida Boku shahrida va Boku gubernatorligining turli hududlarida, shuningdek, Shamaxi, Guba, Xachmaz, Lenkoran, Hojiqabul, Salyan, Zangazur, Qorabogʻ, Naxchivon va boshqa hududlarda Boku Soveti va Doshnoqsutyundan boʻlgan arman qurolli guruhlarining ozarbayjonlarga qarshi uyushtirgan qirgʻinlari. Rasmiy manbalarga asosan genotsid natijasida 12 mingga yaqin ozarbayjon qatl qilindi, oʻn minglab inson bedarak yoʻqoldi.
Ozarbayjon umummilliy lideri Haydar Aliyevning 26-mart 1998-yildagi Qarori bilan 31-mart Ozarbayjonlarning Genotsid kuni deb eʼlon qilindi.
Ozarbayjonning turli hududlarida uyushtirilgan jinoyatlar 300px|right|thumb|1918-yil 31 mart voqealaridan keyin Shoh masjidi 300px|right|thumb|Ozarbayjonning Boku shahrida qurbonlar Eronlik konsul bilan 300px|right|thumb|4-mart 1918-yil 300px|right|thumb|2-mart 1918-yil 300px|right|thumb|1918-yilgi Baku ko'chalarida o'liklarni yo'q qilish 300px|right|thumb|1918-yil mart kunlari Baku tatar qirg'og'ida ro'y bergan 300px|right|thumb|Ozarbayjon qurbonlari 300px|right|thumb|Ozarbayjon qurbonlari 300px|right|thumb|"Buyuk Armaniston" orzusi. 300px|right|thumb|Stepan Shaumyan 300px|right|thumb|Mamed Amid Rasulzade 300px|right|thumb|1-mart 1918-yil 300px|right|thumb|3-mart 1918-yil 300px|right|thumb|5-mart 1918-yil 300px|right|thumb|6-mart 1918-yil 300px|right|thumb|1-mart 1918-yil
Boku 1918-yil mart oyida Bokuda siyosiy vaziyat keskinlashdi. Boku Soveti uchun oʻtkazilgan saylovlarda „Musovot“ning katta ovoz koʻpligi bilan gʻalaba qozonishi bolsheviklarni va doshnoqlarni jiddiy ravishda tashvishlantirardi. Janubiy Kavkazning eng kuchli siyosiy partiyasiga aylangan „Musovot“ Ozarbayjonning hududiy muxtoriyati va siyosiy hokimiyat yoʻlida kurash olib borardi. Shaumyan boshchiligidagi bolshevik kuchlari Arman Milliy Kengashi va „Doshnoqsutyun“ partiyasi rahbarlari bilan birgalikda „Musovot“ga qarshi asl kurash boshladilar. Bokuda Ozarbayjon milliy kuchlarining ozligi va yomon qurollanganligini yaxshi bilgan Shaumyan musulmonlarga „dars berish“ uchun milliy qirgʻinga tayyorlanardi. 29-martda shaxsiy hayʼati musulmonlardan iborat boʻlgan „Evelina“ kemasining Bokuda Bolshevik kuchlari tomonidan qurolsizlantirilishi milliy qirgʻin boshlash uchun bahona boʻldi.
Ertasi kuni shaharning janubiy qismida arman askarlari koʻrindi. Ular barcha koʻcha boʻylab okop qazib, tuproq va toshlardan toʻsiqlar qura boshladilar. Oʻsha kuni Musulmon Xayriya Jamiyati binosida oʻtkazilgan majlisga kelgan Ter-Mikaelyans Arman Milliy Kengashi va „Doshnoqsutyun“ partiyasi nomidan agar musulmonlar bolsheviklarga qarshi chiqish qilsalar, armanlar ham ularga qoʻshilishini va bolsheviklarning Bokudan quvilishiga yordam berishlarini bayon etdi. 18-martda (yangi maʼlumotlarga koʻra 31-mart — A.I.) erta tongdan shaharning musulmonlar yashaydigan hududlariga hujum boshlandi. Armanlarning yolgʻon vaʼdalariga ishongan ozarbayjonlar avval shaharda nima sodir boʻlayotganini tushunolmadilar. Hujum arafasida barcha armanlar shaharning ozarbayjonlar yashagan qismidan armanlar yashaydigan qismga oʻtdilar. Ozarbayjonlar yashagan qismda xristianlardan ruslar va gruzinlar qolgandi. Boku Sovet kuchlariga rahbarlik qilgan S.Shaumyanning arman harbiy qismlaridan foydalanishi bu qirgʻinni yana-da chuqurlashtirdi. Bolsheviklarni himoya qilish bahonasi bilan arman harbiy kuchlari turk-ozarbayjon aholisiga vahshiylarcha hujum qildilar. Boku Soveti ham, uning tuzgan armiyasi ham asosiy qismi armanlardan iborat edi. Doshnoqlar ozarbayjonlarga milliy armiya tuzishga toʻsqinlik qilar, Sovet nomidan foydalanib, millatchi-shovinist siyosatini gʻayrat bilan amalga oshirar, Boku, Shamaxi va Ozarbayjonning boshqa hududlarida turk-musulmon aholisiga qarshi qirgʻinlar tayyorlardilar. Chegaradan chiqqan va vahshiylashgan arman zoʻravonlari tinch ozarbayjon aholisini qirish uchun eng shafqatsiz usullarni qoʻllardilar. Favqulodda Tergov Komissiyasi aʼzosi A.Y.Kluge bu komissiya raisiga „Boku shahri ozarbayjon aholisiga qarshi uyushtirilgan zoʻravonliklarga doir ish toʻgʻrisida“gi maʼruzasida yozardi: „Yaxshi qurollangan, taʼlim olgan arman askarlar koʻp miqdorda pulemyotlar vositasida hujum qilardilar. Armanlar ozarbayjonlarning uylariga kirib, bu uylarda yashovchilarni qirar, ularni qilich va xanjar bilan maydalab, nayzalar bilan ilma-teshik qilishar, bolalarni yonayotgan uy oloviga otar, uch-toʻrt kunlik chaqaloqlarni nayza uchiga sanchib oʻynatar, oʻldirilgan ota-onalarning emizikli bolalariga ham rahm qilmas, hammani yoppasoga oʻldirardilar“.
Ozarbayjonlarni qirishdan tashqari armanlar ularning uy-joylarini ham vayron qilishar, qimmatli ashyolarni esa oʻzlari bilan olib borardilar. Keyinchalik bir yerning oʻzidan 57 ozarbayjon ayol va qizlarning jasadlari topildi. Ularning quloqlari, burunlarini kesib, qorinlarini yorgandilar. Tergov Komissiyasi hujjatlariga asosan maʼlum boʻldiki, 1918-yil mart genotsidi vaqti Boku shahrida 12 minggacha turk-ozarbayjon oʻldirildi. Aksariyatining hatto jasadlari topilmadi.
Talonchilar „Kaspiy“ gazetasi redaksiyasining va „Dogʻiston“ mehmonxonasi binolarini, „Iskandariya“ni, „Ismoiliya“ni ham yoqdilar. Bu qirgʻinlarda faqatgina Ozarbayjon musulmonlari emas, barcha Kavkaz musulmonlari ham zarar koʻrdilar.
Mart genotsidida yaxshi tashkil etilgan harbiy qismlardan tashqari arman ziyolilari, yoshlari ham ishtirok etardilar. Talonchilar hatto oʻz tanishlariga ham rahm qilmasdilar. Bokuda yuz bergan fojiali hodisalar shaharga yetarlicha katta zarar berdi. Epidemiya avj olib minglarcha inson qirilgan, aholining suv, oziq-ovqat bilan taʼminlanishi toʻxtagandi. Bozor va doʻkonlarda deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlari tugagandi. Talonchilar barcha oziq-ovqat zahirasini yigʻib olib ketgandilar.
Shamaxi Qadimiy Ozarbayjon shahri Shamaxi dahshatli talon va vahshiyliklarga duchor boʻldi. Shamaxi shahri va Shamaxi uyezdida armanlarning uyushtirgan vahshiyliklari haqida 7 jild, 925 varaqdan iborat tergov materiallari toʻplandi. Bu yerda zoʻravon S.Lalayev boshchiligidagi askarlar va T. Amirov guruhi oʻzidan ketib, ozarbayjonlarni talab barbod qilardilar. Shamaxining ozarbayjonlar yashagan qismining bariga oʻt qoʻyildi. 13 mahalla masjidi va mashhur muqaddas oʻchoq — Juma masjidi yondirildi. Bu masjid musulmonlarga ham qiblagoh, ham qadimiy obida sifatida aziz edi. Arman talonchilari minglab tinch aholini qatl qildi.
Favqulodda Tergov Komissiyasi aʼzolari 1918-yil oktyabr va noyabr oylarida bu borada tayyorlagan maʼruzada hududda hali ham chirigan jasad qoldiqlari borligini taʼkidlardi. Shamaxi uyezdining ozarbayjonlar yashagan taxminan 80 qishlogʻining taqdiri ham xuddi shunday boʻlgandi. Doshnoqlar uyushtirgan vahshiyliklarning chek-chegarasi yoʻq edi.
Tergov Komissiyasiining Shamaxi uyezdi qishloqlarida olib borgan tadqiqotlarining — guvoh ifodalari, jabrlanuvchilarning ifoda bergan protokollari, rasmiy idoralarining aholi soni va uy-joylarining qiymati haqidagi maʼlumotlari, oʻlgan va yaralanganlar roʻyxati va boshqalar asosida 53 qishloq boʻyicha tuzilgan yakuniy aktlarda har bir qishloq boʻyicha oʻldirilganlar soni va har qishloqqa keltirilgan zararlar miqdori koʻrsatilgan. Bu aktlardagi raqamlarga asosan, Shamaxi uyezdining 53 qishlogʻida armanlar 8027 ozarbayjonni qatl qilganlar. Ulardan 4190 nafari kishi, 2560 nafari ayol va 1277 nafari yosh bola boʻlgan. Bu qishloqlarga kelgan umumiy zarar oʻsha davrning qiymati bilan 339,5 million manat edi. Tergov Komissiyasi hujjatlaridan aniq boʻladiki, Shamaxi shahrining ozarbayjon aholisiga keltirilgan zarar oʻrta hisob bilan bir milliard manatdan koʻp boʻlgan.
Guba Oldindan tuzilgan reja boʻyicha doshnoq-bolshevik qoʻshini Shamaxini ishgʻol qilgach, Guba uyezdiga qoʻshilishi kerak edi. Xachmazda yashagan armanlar bu borada xabardor etilgan, ularga yetarlicha qurol va oʻq-dorilar joʻnatilgan. 1918-yilning ilk oylaridan Guba uyezdida minglab inson, tinch aholi, ayollar, bolalar va qariyalarning azob va qiynoq bilan qatl qilinishi dahshatli va aqlga sigʻmaydigan darajadagi qirgʻin edi. Guba fojiasi siyosiy maqsadda uyushtirilgan edi. Qirgʻinlarda arman doshnoq kuchlaridan tashqari bolshevik askarlari ham ishtirok etardi. Arman jallodlari hokimiyatsizlikdan mahorat bilan foydalanib, Gubada katta qirgʻinni amalga oshirardilar.
Fojiani xarakterlovchi asosiy jihat shundaki, Guba uyezdida qirgʻinlar oldindan rejalashtirilgan va bunga keng tayyorgarlik ishlari koʻrildi. Chunki qirgʻin boshlash uchun bahona milliy kurash boʻlishi mumkin edi. Arman doshnoq kuchlari dunyoning har tomoniga armanlarning goʻyo ozarbyjonlar tomonidan bosimga uchragani haqida telegramlar joʻnatardilar.
Armanlar bolsheviklar yordami bilan Guba uyezdida uch marta qirgʻin uyushtirdilar. Gubaga hujum qilganlar orasida oʻzini bolshevik sifatida tanitgan va 2 ming askarga boshchilik qilgan David Gelovanidan tashqari bolshevik Sturua ham bor edi. Uning guruhida ming askar bor edi. Ulardan avval esa Muradyan boshchilik qilgan 2 ming arman askar Guba uyezdida qirgʻin uyushtirdi. Ushbu guruh birinchi jahon urushida oʻzini rus chorizmining eng yaqin ittifoqchi sifatida tanilgan „Doshnoqsutyun“ partiyasi askarlaridan iborat edi. Uyezdga kelgan ishgʻolchilarga 300 dan ortiq jangarisi boʻlgan Avakov va Vartanning mahalliy armanlardan iborat zoʻravonlar guruhi ham yordam berardi. D.Gelovani Gubadan haydalganda aholiga tahdid qilgan, tez orada bu yerga armanlarning maxsus taʼlim olgan jazo dastalarining kelishini aytgandi. Vatan tarixshunosligidan maʼlumki, uning tahdididan 10 kun soʻngra Bokudan toʻp va pulemyotlar bilan qurollangan arman qoʻshini Gubaga keladi. Hamazasp guruhi Gubaning kirishidan boshlab yuqori qismigacha shaharni yoqa boshladi. Doshnoqlar koʻchada oldilaridan chiqqan barcha odamlarni oʻqqa tutar, yerga yiqilgan yaradorlarning badanlarini nayzalar bilan ilma-teshik qilar, koʻzlarini oʻyardilar. Yaqinlikdagi oʻrmonga qocha olmaganlar uylariga kirib eshikni qulflab olardilar. Ularni uylaridan majburan chiqarib, turgan joyida otib tashlashar yoki oldilariga solib maydonga olib borardilar. Shu tarzda Gubada bir necha soat davomida yuzlab insonlar qatl qilindi. Hamazasp Bokudan Shaumyan rejimidan ham topshiriq olgandi: Guba uyezdida barcha ozarbayjonlarni qirib tashlash, ularning turar joylarini tor-mor qilish. Keyin esa bu qirgʻinni sunniy va shia mazhablari orasidagi toʻqnashuv sifatida koʻrsatish niyatida edilar. Tergov materiallaridan shu maʼlum boʻladiki, 1918-yil 1-mayda Gubaga kirgan doshnoq-bolshevik birlashmalarining soni 5 mingdan ortiq edi. Shu sababli ham ular tinch aholini bemalol qira oldilar. Ularning vahshiyligini tasavvur etish uchun ikki kun davomida faqat Gubaning oʻzida 4 mingga yaqin musulmonlar oʻldirilganini eslash kiyofadir. Bu raqam Guba aholisining beshdan bir qismi degani edi.
Doshnoqlar Guba, Gusar va Xachmaz hududining oʻzida 26 masjidga oʻt qoʻygandilar. Hamazaspning vahshiyliklari natijasida 1918-yilning ilk besh oyi davomida Guba uyezdida ketma-ket 16 mingdan koʻp inson oʻldirildi. Alohida manbalarga va guvohlarning soʻzlariga asosan qirgʻin vaqti 12 mingga yaqin lazgi, 4 mingdan ortiq ozarbayjon va tat aholisi oʻldirildi. 1918-yil qirgʻinlari vaqti doshnoq-bolshevik birlashmalari Guba uyezdida 162 qishloqni vayron qildi, hozirgi kunda bulardan 35 donasi mavjud emas.
Lenkoran