Captain America: Civil War (; ayrim oʻzbekcha manbalarda „Birinchi qasoskor: Qarshilik“ oʻlaroq maʼlum) — 2016-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi; Marvel kinematografiya koinoti (MKK) mediafranshizasidagi oʻn uchinchi film; Captain America: The First Avenger (2011) va Captain America: The Winter Soldier (2014) filmlarining davomi. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli personajga asoslangan. Marvel Studios tomonidan ishlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Anthony va Joe Russolar rejissyorlik qilgan. Ssenariyni Christopher Markus va Stephen McFeely yozgan. Bosh rollarni Chris Evans (Steve Rogers / Kapitan Amerika rolida), Robert Downey Jr., Scarlett Johansson, Sebastian Stan, Anthony Mackie, Don Cheadle, Jeremy Renner, Chadwick Boseman, Paul Bettany, Elizabeth Olsen, Paul Rudd, Emily VanCamp, Marisa Tomei, Tom Holland, Frank Grillo, Martin Freeman, William Hurt va Daniel Brühl ijro etgan.
„Captain America: Civil War“ premyerasi 2016-yilning 12-aprelida Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtgan. Prokatlarda umumjahon boʻylab $1,1milliard mablagʻ toʻplab, 2016-yilning eng kassabop filmiga aylangan.
Rollarda Chris Evans — Steve Rogers (Kapitan Amerika) Robert Downey Jr. — Tony Stark (Temir odam): Scarlett Johansson — Natasha Romanoff (Qora beva) Sebastian Stan — Bucky Barnes (Winter Soldier) Anthony Mackie — Sam Wilson (Falcon) Don Cheadle — James „Rhodey“ Rhodes (War Machine): Jeremy Renner — Clint Barton (Lochinkoʻz) Chadwick Boseman — TʼChalla (Qora pantera) Paul Bettany — Vision Elizabeth Olsen — Wanda Maximoff (Scarlet Witch) Paul Rudd — Scott Lang (Chumoli-odam) Emily VanCamp — Sharon Carter Tom Holland — Peter Parker (Oʻrgimchak-odam) Frank Grillo — Brock Rumlow (Crossbones) William Hurt — general Ross Daniel Brühl — Helmut Zemo Martin Freeman — Everett Ross
Musiqasi Filmdagi barcha musiqa Henry Jackman tomonidan yaratilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2016-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:2016-yil 3D-filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:Marvel kinematografiya koinoti filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:AQSh triller filmlari Turkum:Kapitan Amerika Turkum:4DX-filmlar Turkum:Anthony va Joe Russo filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar