Andrey Vladimirovich Kozirev (; 27-mart 1951) – Rossiya tashqi ishlar vaziri (1990-yildan 1996-yilgacha).

Biografiyasi 27-mart 1951-yilda Bryusselda tugʻilgan.

1968-1969 – „Kommunar“ muhandisi.

1974-yilda – Moskva davlat xalqaro aloqalar institutini (MGIMO) tamomlagan.

1974-1979 – Sovet Ittifoqi tashqi ishlar vazirligida xalqaro tashkilotlar boʻlimi assistenti.

1977-yilda tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini himoya qildi.

1979-1980 —Sovet Ittifoqi tashqi ishlar vazirligida xalqaro tashkilotlar boʻlimi 2-kotibi.

1980-1986 – SSSR tashqi ishlar vazirligi xalqaro tashkilotlar boʻlimi birinchi kotibi.

1986-1988 – Sovet Ittifoqi tashqi ishlar vazirligida xalqaro tashkilotlar boʻlimi boshligʻi.

1988-1990 – Sovet Ittifoqi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

1990-1992 – RSFSR tashqi ishlar vaziriPod krishey MIDa.

1992-1996 – Rossiya tashqi ishlar vaziri.

1991-yilda Belovej puschasida Sovet Ittifoqi parchalangani boʻyicha va MDH tashkil etilishini tayyorlashda ishtirok etdi.

1996-yilda Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasidan ozod qilindiKozirev Andrey Vladimirovich.

2000-yildan AQShda yashaydi va Vladimir Putinning siyosatini qoralab kelmoqda.

1993-yil dekabrdan 2000-yil yanvargacha – Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining 1 va 2-chaqiriqlari davlat dumasi deputati. Murmansk viloyatining 116-bir mandatli saylov okrugida „Rossiya tanlovi“ blokidan saylangan.

1994-yil mart oyida „Rossiyaning demokratik tanlovi“ partiyasini yaratish boʻyicha tashabbus guruhining aʼzosi. 1994-yil 11-dekabrgacha „Rossiyani tanlash“ fraksiyasining aʼzosi boʻlganBiografiya na sayte Biografiya. Ru.

Birinchi chaqiriq davlat dumasida Xalqaro ishlar qoʻmitasining aʼzosi va xalqaro madaniy, ilmiy va gumanitar hamkorlik boʻyicha kichik qoʻmita aʼzosiBiografiya na sayte Biografiya. Ru.

1997-yil 12-martgacha 2-chaqiriq davlat dumasida Byudjet, soliqlar, banklar va moliya qoʻmitasi aʼzosi. 1997-yil 12-martdan Shimoliy muammolar qoʻmitasi aʼzosiBiografiya na sayte Biografiya. Ru.

Kitoblari Kozirev A. V. Net! – torgovle smertyu. – M.: Mejdunar. otnosheniya, 1981. —100 s. Kozirev A. V. Ognestrelniy biznes: Torgovlya imperialist. stran orujiem. – M.: Znanie, 1985. – 64 s. Kozirev A. V. Torgovlya orujiem: noviy uroven opasnosti / Per. s rus. – M.: Progress, 1985. – 197 s. Kozirev A. V. Mi i mir v zerkale OON. – M.: Mejdunar. otnosheniya, 1991. – 173 s. Kozirev A. V. Organizatsiya Obʼedinennix Natsiy: struktura i deyatelnost. – M.: APN, NII teorii i istorii pedagogiki, Assots. sodeystviya OON v SSSR, 1991. – 52 s. Kozirev A. V. Preobrajenie.  – M.: Mejdunar. otnosheniya, 1995. – 333 s.

Manbalar

Turkum:Rossiya yetakchilari Turkum:Yashayotgan insonlar