Microsoft Word (qisqacha: MS Word, WinWord yoki Word yoki matn protsessori. Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft O moʻljallangan boshqa dasturiy taʼminotlar kabi Word ham toʻliq WYSIWYG — muharrir edi („what you see is what you get“ tamoyili — „nima koʻrsam, shuni olaman“).
1990-1995-yillar 1989-yil Windows uchun ishlab chiqilgan Wordning ilk versiyasi $500 ga sotilgan. Windows 3.0 ishlab chiqarilishidan soʻng savdo oʻsa boshladi va uning asosiy raqobatchisi WordPerfect ustunlikni ushlay olmadi.
Keyingi versiyalarda matn muharriri doirasidan chetga chiqadigan imkoniyatlar qoʻshila boshladi. Chizish asboblari hujjatga grafika qoʻshish kabi juda oddiy amalarni bajara olardi, lekin bu maxsus dasturlar kabi emasdi. Obyektlarni qoʻshilishi, hujjat versiyalarini taqqoslash, koʻp tilli yordam va boshqa imkoniyatlar kelgusi yillarda amalga oshirildi.
Hozirgi ahvoli Microsoft Word hozir keng qoʻllaniluvchi eng ommabop matn muharriri hisoblanadi. IBM OC platformasidagi „.doc“ kengaytmasi Word 97-2000 ikkilamchi formatining sinonimiga aylandi. Bu formatga eksport va import qiluvchi filtrlar koʻpchilik matn muharrirlarida mavjuddir. Hujjat formati Wordning turli versiyalarida oʻzgarishlarga uchradi. Formatlash amallari dasturning eski versiyalarida uchramasligi mumkin. MS Word 2007 XML, — Microsoft Office Open XML ga asoslangan „ehtimoliy tanlangan“ formatni ishlatadi. Word 97-2007 formatlarining tasnifi 2008-yilda Microsoftda eʼlon qilingan.
Microsoft Officening boshqa dasturlari kabi Word oʻz imkoniyatlarini oʻziga oʻrnatilgan makrotil vositachiligida kengaytirishi mumkin (oldiniga WordBasic, Word 97 versiyasidan soʻng VBA — Visual Basic qoʻllangan). Biroq bu virus xavfini oshiadi. Yaqqol misol Melissa chuvalchanggi epidemiyasi boʻloladi. Shu sababdan antivirus dasturiy taʼminotidan foydalanish ortiqchalik qilmaydi. Microsoft Word hujjatlarini zararlagan ilk virus 1994-yil dekabrda J. Mak-Namarning makroviruslar yaratish imkoniyatlarini namoyishiga moʻljallangan DMV boʻlgan. „Yovvoyi tabiatga“ tushgan va dunyodagi ilk makroviruslar epidemiyasini chaqirgan ilk virus esa Concept hisoblanadi (1995-yil iyun-avgust).
2009-yil 12-avgustda Texas shtati sudi Microsoft patenti Kanada i4i kompaniyasiga tegishli boʻlgan XML-fayllarni oʻqish uslubini noqonuniy foydalanishida ayblab, AQSh hududida Word dasturlarini sotishni taqiqladi.
Dasturning rivojlanishi MS Word soʻnggi yillarda oʻz imkoniyatlarini kengaytirdi. Word 2003 versiyasidagi dastur asosiy ramzi Word 2007 versiyasida qisman oʻzgartirildi. Planshet, smartfon va boshqa qurilmalar uchun dastur sinxronlashtirildi. Dastur tarkibiga yangi shriftlar, turli format usullari, har bir obyekt uchun alohida sozlamalar qoʻshildi, dasturning internet orqali yangilanishi va qayta aloqa qilish tizimi takomillashtirildi. Mobil qurilmalar, planshetlar uchun Word dasturini Play Market, AppStory va boshqa internet doʻkonlardan yuklab olish mumkin.
Versiyalar tarixi
Microsoft Windows uchun versiyalar:
Yil Nom Versiya Izoh 1989 Windows 1.0 uchun 1.0 Opus kodi ichida 1990 Windows 1.1 uchun 1.1 Bill the Cat kodi ichida 1990 Windows 1.1a uchun 1.1a Windows 3.1 uchun 1991 Windows 2.0 uchun 2.0 Spaceman Spiff kodi ichida 1993 Windows 6.0 uchun 6.0 nome in codice T3 kodi ichida 1995 Word 95 7.0 Office 95 1997 Word 97 8.0 Office 97 paketi tarkibida 1998 Word 98 8.5 Office 97 paketi tarkibida 1999 Word 2000 9.0 Microsoft Office 2000 paketi tarkibida 2001 Word 2002 10.0 Microsoft Office XP paketi tarkibida 2003 Office Word 2003 11.0 Office 2003 paketi tarkibida 2006 Office Word 2007 12.0 Office 2007 paketi tarkibida (interfeysning revolutsion oʻzgarishi, OOXML formatini qoʻllay olishi — *.docx) 2010 Word 2010 14.0 Office 2010 paketi tarkibida 2013 Word 2013 15.0 Office 2013 paketi tarkibida 2015 Word 2016 16.0 Office 2016 paketi tarkibida 2018 Word 2019 17.0 Office 2019 paketi tarkibida
MC-DOS uchun versiyalar:
Yil Nomi Izoh 1983 Word 1 1985 Word 2 1986 Word 3 1987 Word 4 1989 Word 5 1991 Word 5.1 1991 Word 5.5 Windows bilan bir xil boʻlgan interfeysga ega ilk DOS versiyasi 1993 Word 6.0
Macintosh (Mac OS yoki Mac OS X) uchun versiyalar: Yil Nomi 1985 Word 1 1987 Word 3 1989 Word 4 1991 Word 5 1992 Word 5.1 1993 Word 6 1998 Word 98 2000 Word 2001 2001 Word v. X 2004 Word 2004 2008 Word 2008 2010 Word 20112015Word 2016
Apple OS-X uchun versiyalar: Yil Nomi Izoh 1985, yanvar Word 1 Macintosh uchun1987Word 31989Word 41991Word 5le1993Word 61998Word 982000Word 2001Mac OS 9 ga moslashgan soʻnggi versiya2001Word v. XMac OS X uchun ilk versiya2004Word 20042008Word 20082011Word 20112015Word 2016
Apple iOS uchun versiyalar: Yil Nomi Izoh 2014 Word for iPAD iPAD uchun
Atari ST uchun versiyalar: Yil Nomi Izoh 1988 Microsoft Write Microsoft Word 1.05 Mac uchun bir aloqa
OS/2 uchun versiyalar: Yil Nomi Izoh 1992 OS/2 versione 1.1B uchun Microsoft Word
SCO UNIX uchun versiyalar: Yil Nomi Izoh Microsoft Word dlya UNIX Systems, Release 5.1
Hujjatlarining himoya tizimi Hozirgi kunda Microsoft Wordga 3 turdagi himoya qoʻyish mumkin: Hujjat ochish uchun himoya Hujjat oʻzgartirish uchun himoya Qaydlar va toʻgʻirlash kiritish uchun himoya(2003 va quyi versiyalar uchun). Yangi MS Word 2007/2010 versiyalarida bu himoya turi „Formatlash va tahrirlashni cheklash uchun himoya“ deb nomlanadi.
MS Word versiyalaridan qatʼI nazar „hujjat oʻzgartirish uchun himoya“ va „formatlash va tahrirlashni cheklash uchun himoya“ni hujjatdan darhol yoʻq qilish mumkin. Hujjatning haqiqiy himoyasini esa „hujjat ochish uchun himoya“ taʼminlab beradi.
MS Wordning eski versiyalarida, hattoki Word 2003 da ham hujjat ochish uchun himoya muammosiz buzilishi mumkin.
MS Word 2007/2010 versiyalarida Microsoft 128 bit kalitli AES shifrlash algoritmini qoʻllamoqda. Bunda himoyani chetlab oʻtish nisbati tahminan nolga teng.
Kombinatsiyali amallar Kompyuterda ishlash vaqtimizda har xil vaziyatlar boʻlishi mumkin. Shulardan eng koʻp uchraydigan bu sichqonchaning nosozligi. Foydalanuvchilarning katta qismi esa ushbu qurilma orqali asosiy amallarni bajarishadi va shu sabali shunaqa vaziyatlarda ish toʻxtab yoki sekinlab qoladi. Shunaqa vaziyatni yechish uchun bizga tezkor tugmalar yordam berishadi. Tezkor tugmalar yordamida biz biror bir amallarni klaviatura yordamida tezkor bajara olamiz. Shuning uchun ush bu tugmalarni bilish foydalanuvchilarga talab deb qoʻyiladi. Quyidagi roʻyxatda asosiy tezkor tugmalar koʻrsatilgan:
Ctrl + N - Yangi dokumеntni yaratish Ctrl + O, yoki Ctrl + F12, yoki Alt+Ctrl+F2 - Mavjud boʻlgan (ilgari yaratilgan) dokumеntni koʻrish yoki oʻzgartirish uchun ochish Ctrl + W - Ekranda ochiq boʻlgan dokumеntni bеrkitish. Ctrl + S, yoki Shift+F12, yoki Alt+Shift+F2 - Ekranda ochiq boʻlgan dokumеntni saqlash Ctrl + P, yoki Ctrl+Shift+F12 - Ekranda ochiq boʻlgan dokumеntni bosmaga chiqarish Ctrl + Z, yoki Alt + Backspace - Oxirgi bajarilgan xarakatni bеkor qilish (orqaga kaytish) Ctrl + Y, yoki F4, yoki Alt + Enter - Bеkor qilingan xarkatni qaytarish (oldinga qaytarish) Ctrl + X, yoki Shift +Delete - Tanlab olingan matn qismi nusxasini xotiraga koʻchirib (qirqib) olish. Ctrl + C, yoki Ctrl + Insert, yoki Ctrl + Num0 - Tanlab olingan matn qismi nusxasini xotiraga olish Ctrl + V, yoki Shift + Insert, yoki Shift+Num0 - Xotirada joylashgan matn qismini chiqarib kursor turgan joyiga qoʻyish Ctrl + A, yoki Ctrl + Num5 - Butun matnni tanlash Ctrl + F - Butun matnda biror bir soʻz yoki jumlani izlash Ctrl + H - Butun matnda biror bir suz yoki jumlani topib uning oʻrniga boshqa soʻz yoki jumla bilan almashtirish Delete - Tanlab olingan matn qismi yoki kursordan ung tomonda joylashgan bеlgilarni oʻchirish F7 - Butun matnning imlo xatolarini tеkshirish Shift + F7 - Tanlangan soʻzning sinonimlarini topish F12 - Ekranda ochiq boʻlgan faylni qayta nomlash Alt + Ctrl + I - Bosmaga tayyorlangan xujjatni sahifaga joylashishini oldindan koʻrish. Ctrl + E - Matnni (kursor turgan abzasni) markaz boʻyicha tеkislash Ctrl + L - Matnnni (kursor turgan abzasni) chap chеgara boʻyicha tеkislash Ctrl + R - Matnnni (kursor turgan abzasni) oʻng chеgara boʻyicha tеkislash Ctrl + J - Matnni (kursor turgan abzasni) ikala chеgara boʻyicha tеkislash Shift + F3 - Harflar koʻrinishini oʻzgartirish (rеgistr) Ctrl + B, yoki Ctrl + Shift + B - Qalin harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish Ctrl + I, yoki Ctrl + Shift + I - Kursiv (yotik) harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish Ctrl + Shift + D - Ikkita chiziqli harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish Ctrl + U - Chiziqli harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish Ctrl + Shift + F - Harflar shaklini (shriftini) oʻzgartirish Ctrl + Shift + P - Harflar kattaligini oʻzgartirish Ctrl + D - "Format shrifta" ga tеgishli mеnyu boʻlimini ochish Ctrl + Shift + S - Matnni stilini uzgartirish Ctrl + q - Pastki harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish Ctrl + Q - Ustki harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish Ctrl + F6, yoki Alt + F6 - Boshqa aktiv dokumеnt oynasiga oʻtish Ctrl + Shift + F6 - hamma aktiv dokumеnt oynalarini koʻrish Shift + strеlka - Guruxga olish (bеlgilarga tеgishli) Ctrl + Shift + strеlka - Guruxga olish (suzlarga tеgishli) Shift + Home yoki End - Satr boshigacha yoki oxirigacha guruxga olish Ctrl + Shift + Home yoki End - Dokumеtnt boshigacha yoki oxirigacha guruxga olish
Baʼzi bir amallar Matnlarni kiritish uchun klaviaturada mavjud boʻlgan harf va belgilardan foydalaniladi. Belgilar kiritilishi bilan ekrandagi kursor deb nomlanuvchi vertikal chiziq oʻng tomonga suriladi. Satrning oʻng chegarasiga etilgandan soʻng matn avtomatik ravishda keyingi satrga oʻtadi. Bosh harflarni yozish uchun Caps Lock yoki Shift tugmasidan foydalanamiz. Klaviatura tugmalari bilan quyidagi amallar ham mavjud: Home — satr boshiga olib keladi End — satr oxiriga olib keladi Ctrl+Home — hujjat boshiga Ctrl+End — hujjat oxiriga PgUp — bir sahifa yuqoriga PgDown — bir sahifa pastga Ctrl + — bitta soʻz oldinga Ctrl + — bitta soʻz orqaga Ctrl + — bir abzats oldinga Ctrl + — bir abzats orqaga Backspase — Matnni oxirgi harfidan boshlab oʻchiradi Delete — Matnni birinchi harfidan boshlab oʻchiradi Insert — bu tugma yordamida qoldirib ketilgan belgilarni oʻrniga qoʻyish yoki ularni boshqa belgilar bilan almashtirish mumkin
Funksional klavishlar Word dasturida funksional tugmalar mavjud boʻlib, ular quyidagi vazifalarni bajaradi: F1 funktsional tugmasi — bosilsa, yordamchi yoki maʼlumot oynasi ochiladi. F2 funktsional tugmasi — matn yoki rasmlarni bir joydan ikkinchi joyga koʻchirish uchun qoʻllanadi. F3 funktsional tugmasi — Avtotekst elementini joylashtiradi. F4 funktsional tugmasi — oxirgi amalni takrorlaydi. F5 funktsional tugmasi — Oʻtish (Pravka menyusi) darchasini chaqiradi. F6 funktsional tugmasi — keyingi sohaga oʻtishni taʼminlaydi. F7 funktsional tugmasi — Toʻgʻri yozishga chaqiradi. Xato yozilgan matnni qizil rang bilan ajratib koʻrsatadi. (Servis menyusi) F8 funktsional tugmasi — bosilganda belgilash (blokga olish) kengayadi. Bu tugma yana bir bor bosilganda belgilanish chegarasi kengayadi F9 funktsional tugmasi — belgilangan maydon xolatini yangilaydi. F10 funktsional tugmasi — menyu satrini faollashtiradi. F11 funktsional tugmasi — keyingi maydonga oʻtishni taʼminlaydi. F12 funktsional tugmasi — Fayl menyusidagi Xujjatni qanday saqlash muloqot darchasini chaqiradi.
Funksional tugmalar majmui SHIFT+: F1 — Kontekst maʼlumot darchasini chaqiradi F2 — Matn nusxasi olinadi F3 — Harf registri almashinadi F4 — Qidirish yoki keyingisiga oʻtishni taʼminlaydi F5 — Avvalgi toʻgʻrilashga qaytadi F6 — Oynaning avvalgi sohasiga oʻtiladi F7 — Tezaurus („Servis“ menyusi) F8 — Belgilashni (blokga olish) kichraytiradi. F8-tugmasiga teskari amalni bajaradi. F9 — Maydon qiymatini yoki kodini koʻrsatadi F10 — Kontekst menyuni chaqiradi. F11 — Avvalgi maydonga oʻtish F12 — Saqlash buyrugʻini beradi („Fayl“ menyusi)
ALT+: F1 — Keyingi maydonga oʻtish