Aleksandr Lobanov 1986-yili 4-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Namanganning „Navbahor“ futbol klubi va milliy terma jamoasi darvozaboni hisoblanadi.

Futbolchilik faoliyati Aleksandr Lobanov professional futboldagi ilk faoliyatini 2005-yili Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida boshlagan. Soʻgʻdiyona tarkibida u 25ta oʻyinda maydonga tushgan. 2007-yili Qozogʻistonning „Qaysar“ futbol klubiga oʻtadi va u yeda bir mavsumda 18ta uchrashuvda maydonga tushadi. Keyingi yili qozogʻistonning boshqa bir futbol klubi „Aqjayiq“ safiga oʻtadi, u yerda ham bir mavsum oʻynab, 9ta oʻyinda klub sharafini himoya qiladi. Lobanov 2009-yili Oʻzbekistonga qatadi va Buxoroning „Buxoro“ klubiga kelib qoʻshiladi, Buxoro safida ikki mavsum oʻynaydi va 4ta uchrashuvda maydonga tushadi. 2011-yili Nukusning „Orol“ klubiga oʻtadi.

2012-yili u Paxtakor murabbiyining eʼtiboriga tushadi va „Paxtakor“ klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzadi. U birinchi mavsumdanoq Paxtakorning asosiy darvozaboniga aylanadi va oldingi asosiy darvozabon Temur Joʻrayevning oʻrnini egallaydi. u Shu vaqtga qadar Paxtakor safida 90ta uchrashuvga maydonga tushdi.

Persepolis 2016-yilning yanvarida Lobanov Fors koʻrfazi Pro-ligasi vakili „Persepolis“ bilan olti oylik shartnoma imzoladi. Unga 55-raqamli futbolka berildi. U 2016-yilning 12-fevralida „Persepolis“ safida „Fulad“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda oʻzining birinchi oʻyinini qayd etdi. Fors diyorida atigi yarim mavsumda sakkizta oʻyinda oʻynadi va Eron klubining ikkinchi darvozaboni bilan raqobatda magʻlub boʻldi. Shu yilning iyul oyi oxirida „Paxtakor“ga qaytdi. 2019-yilda „Metallurg“ (Bekobod) jamoasiga koʻchib oʻtdi. 2023-yil mavsum soʻngida Bekobod klubidagi besh yillik faoliyatidan soʻng „Metallurg“ jamoani tark etgan. 2024-yil fevral oyida "Navbahor" jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati Aleksandr Lobanov 2015-yildan boshlab bir qancha oʻyinlarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safiga jalb etiladi va 2015-yilning 3-sentabrida 2018-yilgi jahon chempionatining saralash bosqichidan joy olgan Oʻzbekiston Yaman uchrashuvida ilk debyutini oʻtkazadi.

Yutuqlari Klub safida Paxtakor Oʻzbekiston chempioni (2): 2012, 2014, 2015

Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2018 Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2017

Persepolis

Fors koʻrfazi Pro ligasi ikkinchi oʻrinchisi: 2015-16

Manbalar

Havolalar

Aleksandr Lobanov Footballzz saytida Aleksandr Lobanov Eurosport saytida Aleksandr Lobanov Espnfc saytida Aleksandr Lobanov Footballfacts saytida Aleksandr Lobanov Soccerway saytida

Turkum:4-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Aral Samali klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:FC Akzhayik futbolchilari Turkum:FC Kaisar jamoasi futbolchilari Turkum:Persepolis F.C. futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilari Turkum:Erondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar