Riu-grandi-dusul — Braziliyaning chekka jan. qismidagi shtat, Atlantika okeani sohilida. Maydoni 282 ming km. Aholisi 10,2 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Portu Allegri sh. Yirik shaharlari: Pelotas, RiuGrandi, SantaMariya. Shtat shim. Braziliya yassitogligining pastroq jan. qismidan, jan. tekislikdan iborat. Atlantika okeani qirgʻoqlari boʻylab choʻzilgan kambar payettekislikda koʻl koʻp. Iqlimi subtropik, nam iklim. Oʻrtacha oylik tralar 15—25°, yillik yogʻin 1250 mm dan 2000 mm gacha. Savanna, shimolida subtropik oʻrmonlar bor. R.G.duS. mamlakatning muhim qishloq xoʻjaligi rayoni. Shtat donli ekinlar: bugʻdoy, sholi yetishtirish boʻyicha mamlakatda yetakchi oʻrinda. Shuningdek, makkajoʻxori, kartoshka, loviya, maniok ekiladi. Tokchilik, bogdorchilik, asalarichilik, ipakchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Paragvay choyi teriladi. Baliq ovlanadi. Mis, toshkoʻmir konlari bor. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz, keramika sanoatlari rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chikaruvchi, farmatsevtika korxonalari bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Shtatning eng yirik shaharlari va ularning aholisi

Porto Alegre – 1 416 363 Caxias do Sul – 396 261 Pelotas – 338 544 Canoas – 324 994 Santa Maria – 261 980 Gravatai – 259 100 Novo Hamburgo – 251 854 Viamão – 251 407 São Leopoldo – 206 702 Alvorada – 205 476 Rio Grande – 193 789 Passo Fundo – 182 233 Uruguaiana – 133 481 Sapucaia do Sul – 131 917 Bage – 120 129 Cachoeirinha – 117 501 Santa Cruz do Sul – 116 081 Guaiba – 102 290 Bento Gonçalves – 100 467 Erechim – 96 310 Santana do Livramento – 96 286 Cachoeira do Sul – 89 120 Alegrete – 87 236 Esteio – 84 923

Manbalar

Turkum:Braziliya shtatlari