Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati – haftalik ijtimoiy-adabiy gazeta. Muassislari: Oʻzbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi. 2024-yilning yanvar oyidan „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi yopildi. Uning negizida „Jadid“ nomli gazeta chop etila boshlandi. Tarixi
Gazetaning ilk soni 1956-yil 4-yanvarda „Oʻzbekiston madaniyati“ nomi bilan haftada ikki marta chiqqan. 1981-yildan beri hozirgi nomda koʻpaytirilgan hajmda (8 bet) chop etiladi. Gazetaga Odil Yoqubov, M. Muhamedov, R.Fayziy, Vohid Zohidov, Laziz Qayumov, Asqad Muxtor, Sirojiddin Sayyid, O‘ktam Mirzayor, Salim Ashur kabi yozuvchi va shoirlar turli davrlarda muharrirlik qilgan. Tahririyat manzili Toshkent shahar hokimligi (R. Shoabdurahmonov) Matbuotchilar ko‘chasi, 32-uyda joylashgan.
Manbalar
Turkum:Gazetalar
Turkum:Oʻzbekiston gazetalari