Yunus () — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Zunnun (), yaʼni katta baliq (kit)ning hamrohi degan nom ham olgan. Bibliyadagi Ionaga toʻgʻri keladi. Qurʼonning 10-surasi uning ismi bilan ataladi.
Hayoti Qurʼonda Allohning yagonaligini tan olmagan oʻz qavmidan gʻazablanib, parvardigorning iznisiz shahardan chiqib ketgani, kemada qochgani, suvga tashlangani, uni katta baliq yutib yuborgani, Alloh uni qutqargani, soʻng u targʻibot olib borgan qavm bu dunyo jazolaridan qutulib qolgani haqida bayon etiladi. Qurʼondagi Yunus qissasida qavmni hidoyatga boshlashda sabr-toqatli, bardoshli boʻlishga daʼvat bor. Hozirgi vaqtda Yunusning qabri (Iroq, Mosul shahri yaqini) qadamjolardan hisoblanadi.
Manbalar
Havolalar