21-noyabr — Grigoriy taqvimida yilning 325- (kabisa yilida 326-) kuni. Yil yakuniga 40 kun qoladi.

Bayramlar Yana qarang: :Turkum:21-noyabr bayramlari Bangladesh Qurolli kuchlari kuni. Gretsiya Qurolli kuchlari kuni. Bosniya va Gersegovinada Tinchlik shartnomasi imzolangan kun. AQSHda Farzandlikka olish kuni. Musiqa tinglamaslik kuni. Xalqaro salomlashish kuni. Butunjahon televideniye kuni. Butunjahon salomatlik uchun kurash kuni. Rossiyada soliq xodimlari kuni. Ukrainada Qadr-qimmat va ozodlik kuni.

Voqealar right|200px|Cherep piltdaunskogo cheloveka Yana qarang: :Turkum:21-noyabr voqealari 1009 – Vyetnamda Li sulolasi hukmronligi boshlandi. 1386 – Amir Temur qo‘shinlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrini egalladi. 1404 – Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixo Samarqanddan jo‘nab ketdi. 1620 — Plimut koloniyasiga asos solindi. 1783 – Parijda havo sharining ilk parvozi amalga oshirildi. 1875 – Po‘latxon qo‘zg‘oloni: Mullo Qo‘shay shtabs-kapitan Ionov va unter ofitser Danilovni asirga oldi. 1877 – Tomas Edison fonograf (ovoz yozish qurilmasi)ni ixtiro qildi. 1879 – Tomas Edison ixtiro qilgan ilk cho‘g‘lanma lampochka sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. 1917 – Turkiston o‘lkasi Sho‘rosining 15-21 noyabrda bo‘lib o‘tgan III qurultoyi Turkiston xalq komissarlari kengashini tuzdi. Unga 7 bolshevik va maksimalist, 8 so‘l eser saylandi. Hukumat tarkibida mahalliy millatlarning birorta ham vakili saylanmadi. 1918 – Estoniya bayrog‘i qabul qilindi. 1920 – Irlandiya poytaxti Dublinda «Qonli yakshanba» nomini olgan qirg‘in bo‘lib o‘tdi. 1922 – Rebeka Latimer Felton AQSH tarixidagi ilk senator ayolga aylandi. 1942 — Alyaskada Avtomobil yoʻli ochildi. 1945 – General Motorsning 92 ta zavodida yirik ish tashlar bo‘lib o‘tdi. 1953 — London tabiat muzeyi Piltdaun odami qoldiqlarini (Suratda) qalbaki deb baholadi. 1969 – Internetning dunyoga kelishi: Kaliforniya universiteti va Stenford tadqiqotlar instituti o‘rtasida ilk ARPANET tarmog‘i ishga tushirildi. 1980 — Pener koʻli qurib qoldi. 1995 – Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil etildi. 1995 - Bosniya va Gersegovina, Yugoslaviya va Xorvatiya vakillari Bosniya mojarosini tartibga so­lish boʻyicha shartnoma imzoladi. 2002 – Bolgariya, Estoniya, Latviya, Litva, Ruminiya, Slovakiya va Sloveniya NATO tarkibiga taklif qilindi. 2004 – Dominika orolida o‘z tarxidagi eng halokatli zilzila sodir bo‘ldi. 2004 – Ukrainadagi prezidantlik saylovida Viktor Yushenko g‘alaba qozondi. 2007 – Turkiyaning Antaliya shahrida futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi chempion bo‘ldi. 2013 – Ukrainada prezident Viktor Yanukovichga qarshi ilk ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi. 2014 – Shveysariya prezidenti Dide Burkxalter O‘zbekistonga tashrif buyurdi. 2014 – «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi prezident farmoniga muvofiq, eng kam ish haqi 118 ming 400 so‘m qilib belgilandi.

Tavalludlar Yana qarang: :Turkum:21-noyabrda tugʻilganlar

1694 – fransuz faylasufi Volter tug‘ildi. 1902 – Kommunistik partiya mafkurachisi Mixail Suslov tug‘ildi. 1910 – o‘zbek dramaturgi, adabiyotshunos olim Izzat Sulton tavallud topdi. 1948 – Livanning 16 prezidenti Mishal Sulaymon tavallud topdi.

Vafot etganlar Yana qarang: :Turkum:21-noyabrda vafot etganlar

Miloddan avvalgi 479 – Xitoy faylasufi Konfutsiy vafot etdi. 1844 – rus masalnavisi Ivan Krilov vafot etdi. 1916 – Avstriya-Vengriya imperatori Frans Iosif vafot etdi. 1936 – Turkiston jadidlari harakati a’zosi, noshir va jamoat arbobi Obidjon Mahmudov olamdan o‘tdi. 2001 – Malayziya sultoni Salohiddin Abdulaziz vafot etdi. 2006 – Suriyaga qarshi siyosati bilan tanilgan, Livan siyosat arbobi va hukumat a’zosi Pyer Jumayyil Bayrutda suiqasd qurboni bo‘ldi.

Havolalar

days.peoples.ru http://sof.uz/news/show/21-noyabr-sanasining-eng-muhim-voqealari

Turkum:Sana *