Pashtunlar, pashtular — 1) Afgʻonistondan tashqarida (asosan, Pokistonda) yashovchi afgʻonlarning etnik nomi (ilgarigi nomi — patanlar). Umumiy soni — 50 mln.ga yaqin (2011). Pashtu tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, sunniy musulmonlar, oz qismi shialar. Pashtunda qabila va xellarga (qabiladan kichik, to urugʻgacha boʻlgan birlik) boʻlinish saqlangan. Eng yirik qabilalar: Xaybar dovoni atrofida afridiylar, momandlar, orakzoylar; Peshovar shimolida yusufzoylar, janubi va gʻarbida bangashlar, xattaklar, soʻngra vazirlar; Shimoliy Balujistonda — kakarlar yashaydi va boshqa Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, yaylov chorvachiligi; bir qismi koʻchmanchilar. Pashtunlar boy folklorga ega, turli raqs va ashulalari mavjud. Pashtu tilida adabiyot rivojlanmoqda. Pashtun tarixi XX asrgacha afgʻonlar tarixi bilan uzviy bogʻliq; 2) afgʻonlar oʻzlarini Pashtun deb atashadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Pokiston xalqlari Turkum:Afgʻoniston xalqlari