Ombudsman (shvedcha: ombudsman — biron kishi manfaatlarining vakili) — turli xil maʼmuriy organlar, baʼzi mamlakatlarda esa — shuningdek, xususiy shaxslar va birlashmalarning inson huquqlariga rioya etishini nazorat qilish uchun maxsus saylab (tayinlab) qoʻyiladigan mansabdor shaxs. Ombudsman. nazoratni amalga oshiradi va prokuraturadan farqli ravishda na-faqat qonuniylik, balki shu bilan birga samaradorlik, maqsadga muvofiqlik, adolatparvarlik nuqtai nazaridan ham tekshirish olib boradi. Bu xildagi mansabdor shaxslar har xil nom bilan ataladi: Skandinaviya mamlakatlarida — Ombudsman.; Ispaniya va Kolumbiyada — xalq himoyachisi; Fransiyada — vositachi, Ruminiyada — xalq advokati va shahrik. Ombudsman. turli yullar bilan saylanishi yoki tayinlanishi mumkin. Ispaniyada u parlament tomonidan 5 yilga sayla-nadi, Namibiyada prezident tomonidan, Fransiyada — Vazirlar kengashining dekreti bilan tayinlanadi. Aksariyat koʻpchilik mamlakatlarda har bir fuqaro Ombudsman.ga bevosita murojaat qilishga haklidir. Ombudsman. kamchilik yoki suiisteʼmollarni aniklab, tegishli organ yoki mansabdor shaxsga kursatadi va ularni bartaraf etishni taklif etadi. Agar ular O.ning taklifidan bosh tortsa, O. sud organlari yoki parlamentga murojaat qilishi mumkin. O. fuqarolarning shikoyatlari boʻyicha, shuningdek, oʻz tashabbusi bilan ish olib boradi. Fransiyada fuqarolar vositachiga bevosita emas, balki oʻz senator yoki de-putatlari orqali murojaat qiladilar.
Dunyoda 1-marta O. lavozimi 1709-yil Shvetsiya qirolligi huzurida joriy qilingan. Hozirgi vaqtda u jahonning 110 dan ortiq mamlakatida mavjud. O. institutini tashkil etilishiga qarab 2 turga boʻlish mumkin: parlament tomonidan tayinlanadigan (saylanadigan) klassik tipdagi O. va ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan O. Klassik tipdagi O. har qanday tashkilot, korxona, muassasa va mansabdor shaxslarning faoliyatini tekshirish huquqiga ega. Klassik O. katarkta Shvetsiya, Norvegiya, Daniya, Portugaliya, Ispaniya va shahrik. koʻpgina mamlakatlar O.lari kiradi. Oʻzbekiston O.i ham klassik O. hisoblanadi. Ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan O. huquklari biroz chegaralangan. Ular alohida sohalar boʻyicha tekshirish xuqukiga ega. Masalan, kasalxonalar, jazoni oʻtash muassasalari, bolalar, nogironlar huquqini himoya qilish, harbiy xizmatchilar, jinoyatlardan jabrlanganlar, soliq muassasalari boʻyicha shugʻullanadigan alohida sohalar O.lari.
O.ning alohida obroʻ-eʼtibori va zamonaviyligi uning demokratik xususiyatlari bilan tavsiflanadi. O.lar davlat organlari tizimidan mustaqilligi, parlamentning belgilangan muddati davomida oʻzgarmasligi, qonunchilik tashabbusi huquqiga egaligi, oʻz huquq va erkinliklarini himoya qilishga muhtoj boʻlgan barcha fuqarolarga ochiqligi, shikoyat va murojaatlarni taxlil etishda rasmiyatchilikka yoʻl qoʻymasligi, aholiga bepul xizmat koʻrsatishi bilan ajralib turadi.
Oʻzbekiston Respublikasida O. faoliyatining huquqiy asoslari „Oliy Majlisning Inson huquqlari vakili (ombudsman) toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1997-yil 24-aprel)da belgilab berilgan. Mazkur qonunga koʻra, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) — mansabdor shaxe boʻlib, unga Oʻzbekiston Respublikasi da davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan. Vakil oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi ning Konstitutsiyasi, qonunlari, boshqa qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shart-nomalariga, shuningdek, xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan prinsiplari va normalariga asoslanadi. Vakil oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida Ombudsman manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilgʻor xalqaro tajribani oʻrgangan holda yangi „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqdi. Amaldagi Qonun 1997 yilda qabul qilinib, bugungi kunga qadar unga toʻrt marotaba oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan. Qonun 22 ta modda va 10 ta prim moddadan iborat boʻlib, undagi eskirgan normalarni hozirgi davr talablaridan kelib chiqib yangi normalar bilan toʻldirish hamda oʻzgartishlar kiritish, xususan Farmon bilan Ombudsman institutiga berilayotgan qoʻshimcha vakolat va vazifalarni hisobga olgan holda qoʻshimcha moddalar bilan toʻldirish nazarda tutilmoqda. Ombudsman soʼzi — dunyoda „inson huquqlarini himoya qiluvchi“ sifatida tushuniladi. Bu soʼz shved tilidan olingan boʼlib „vakil“ degan maʼnoni anglatadi. U eng avval shved qiroli huzurida faoliyat yuritgan. Keyinchalik parlament shakllangandan soʼng 1809 yildan Parlament huzuriga koʼchgan. Agar tarixga nazar solsak, shved qiroli ushbu tajribani islom davlatlarda faoliyat yuritgan muhtasiblar ishidan oʼrganganiga guvoh boʼlasiz. Muhtasiblar islom dini va shariat ahkomlari asosida faoliyat yuritib, nazorat funktsiyasini bajarishgan. XVII asrlarda shved qirolligiga hujum uyushtirilganda qirol hozirgi Turkiya hududlariga qochib oʼtishga majbur boʼladi. Qochqinda turk sultoni himoyasida mamlakatdagi fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi, oʼrnatilgan tartiblarni nazorat qiluvchi insonlarni kuzatadi. Keyinchalik oʼz vataniga qaytib, mana shu tizimni oʼz davlatida „Ombudsman“ nomi bilan joriy etadi va bu Yevropada ham ommalashadi. Masalan, ispan elchisi Klavixoning Amir Temur huzuriga tashrifi toʼgʼrisidagi kundaligida yozilishicha, Temur topshiriq berganda oʼz vaqtida bajarmagan rahbarlar va ularning bu kamchiligi haqida axborot beruvchi shaxslar boʼlgan. Shuningdek, fuqaro murojaatlari bilan ishlamagan aynan ana shunday rahbarlarni shaxsan Amir Temur tomonidan koʼpchilik ichida jazolangani Klavixo tomonidan kichik epizod sifatida qayd etilgan. Mana shu misolda ham koʼrishimiz mumkinki, Amir Temur inson huquqlari buzilishiga yoʼl qoʼyganlarga nisbatan qatʼiy boʼlgan. Dunyo tajribasida bu xildagi mansabdor shaxslar har xil nom bilan ataladi: Skandinaviya mamlakatlarida — O.; Ispaniya va Kolumbiyada — xalq himoyachisi; Fransiyada — vositachi, Ruminiyada — xalq advokati. O. turli yoʼllar bilan saylanishi yoki tayinlanishi mumkin. Ispaniyada u parlament tomonidan 5 yilga saylanadi, Namibiyada prezident tomonidan, Fransiyada — Vazirlar kengashining dekreti bilan tayinlanadi. Aksariyat koʼpchilik mamlakatlarda har bir fuqaro O.ga bevosita murojaat qilishga haqlidir. O. kamchilik yoki suiisteʼmollarni aniqlab, tegishli organ yoki mansabdor shaxsga koʼrsatadi va ularni bartaraf etishni taklif etadi. Agar ular O.ning taklifidan bosh tortsa, O. sud organlari yoki parlamentga murojaat qilishi mumkin. O. fuqarolarning shikoyatlari boʼyicha, shuningdek, oʼz tashabbusi bilan ish olib boradi. Fransiyada fuqarolar vositachiga bevosita emas, balki oʼz senator yoki deputatlari orqali murojaat qiladilar. Hozirgi vaqtda dunyoning 180 dan ortiq mamlakatida O. mavjud. O. institutini tashkil etilishiga qarab 2 turga boʼlish mumkin: parlament tomonidan tayinlanadigan (saylanadigan) klassik tipdagi O. va ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan O. Klassik tipdagi O. har qanday tashkilot, korxona, muassasa va mansabdor shaxslarning faoliyatini tekshirish huquqiga ega. Klassik O. Shvetsiya, Norvegiya, Daniya, Portugaliya, Ispaniya va koʼpgina mamlakatlar O.lari kiradi. Oʼzbekiston O.i ham klassik O. hisoblanadi. Ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan O. huquqlari biroz chegaralangan. Ular alohida sohalar boʼyicha tekshirish huquqiga ega. Masalan, kasalxonalar, jazoni oʼtash muassasalari, bolalar, nogironlar huquqini himoya qilish, harbiy xizmatchilar, jinoyatlardan jabrlanganlar, soliq muassasalari boʼyicha shugʼullanadigan alohida sohalar O.lari. O.ning alohida obroʼ-eʼtibori va zamonaviyligi uning demokratik xususiyatlari bilan tavsiflanadi. O.lar davlat organlari tizimidan mustaqilligi, parlamentning belgilangan muddati davomida oʼzgarmasligi, qonunchilik tashabbusi huquqiga egaligi, oʼz huquq va erkinliklarini himoya qilishga muhtoj boʼlgan barcha fuqarolarga ochiqligi, shikoyat va murojaatlarni tahlil etishda rasmiyatchilikka yoʼl qoʼymasligi, aholiga bepul xizmat koʼrsatishi bilan ajralib turadi. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) — Oʼzbekistondagi Inson huquqlari boʼyicha Ombudsman Oliy Majlisning Inson huquqlari buyicha vakili (Ombudsman) instituti 1995 yilda tashkil etilgan. Ushbu institut MDH hududida birinchilardan boʼlib Oʼzbekistonda taʼsis etilgan. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) lavozimiga Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylangan Ombudsmanlar:
Rashidova Sayyora Sharafovna 1995-2015 yy.
Muxammadiev Ulugʼbek Nasriddinovich 2015-2021 yy.
Eshmatova Feruza Farxodovna 2021 yildan hozirga qadar
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24 aprelda boʼlib oʼtgan sakkizinchi sessiyasiida „Oliy Majlisining Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) toʼgʼrisida“gi Qonun qabul qilindi. Shu kunga qadar ushbu hujjat Ombudsman vazifalari va vakolatlarini kengaytirish zaruriyati nuqtai nazaridan takomillashtirilib borilmoqda. „Oliy Majlisning Inson huquqlari vakili (ombudsman) toʼgʼrisida“ Oʼzbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) (bundan buyon matnda Vakil deb yuritiladi) mansabdor shaxs boʼlib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar (bundan buyon matnda tashkilotlar va mansabdor shaxslar deb yuritiladi) tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari toʼgʼrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan. O. oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, boshqa qonun hujjatlariga, Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shart-nomalariga, shuningdek, xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan printsiplari va normalariga asoslanadi. Vakil oʼz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe boʼlmagan tarzda amalga oshiradi va Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. O. Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda Oʼzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning oʼz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini koʼrib chiqadi va u oʼz tekshiruvini oʼtkazish huquqiga ega.